Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekistonda 18-iyun kuni 108 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 239 633 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 10 nafari Toshkent viloyatida,
85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, so‘nggi sutkada 56 kishi:

  • Buxoro viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 2 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Xorazm viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent shahrida 40 nafar
bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237655 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holati ketma-ket beshinchi kun ortmoqda. 17-iyunda 90 kishida kishida, 16-iyunda 59 kishida, 15-iyunda 57 kishida, 14-iyunda 39 kishida kasallik qayd etilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi