Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida terma jamoalar qaydnomaga 26 nafar o‘yinchini kiritishi mumkin bo‘ladi. FIFA bu haqda tez orada e’lon qilishi kutilmoqda.
Shu tariqa har bir murabbiy qo‘l ostida 15 nafar zaxira futbolchisi bo‘ladi. Bunga qadar qaydnomaga 23 nafar futbolchini kiritish mumkin bo‘lgan.
O‘tgan hafta Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) 5 futbolchi almashtirish qoidasini doimiy bo‘lishini tasdiqladi. U amaliyot koronavirus pandemiyasi davrida joriy qilingan va vaqtinchalik chora vazifasini o‘tagandi. Ammo endi u doimiy davom etadi. Murabbiylar mundial vaqtida ham uchta imkoniyatda 5 futbolchi almashtirishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi. 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda Fransiya terma jamoasi Xorvatiyani mag‘lub etib, chempionga aylangan edi.
Izoh (0)