Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi mehmonxona kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha, mehmonxona 36 ta xonadan iborat. Bino 2018-yilda qurilgan, suv, elektr, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,06 gektar. Binoning maydoni — 917 kvadrat metr. Mehmonxona 2 qavat va tom qismidan iborat.
Lot auksionga iqtisodiy sudlar hukmi bilan Chilonzor tumani MIB tomonidan joylashtirilgan.
Auksionga qo‘yilgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi — 13,5 mlrd so‘m. Arizalar 19-iyul 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi 80 xonali ofis binosi 25,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)