Hujumchi Romelu Lukaku “Chelsi”dan “Inter”ga o‘tadi.
Italiya klubi 29 yoshli hujumchini bir mavsum uchun ijaraga olmoqchi, deb yozmoqda jurnalist Fabrisio Romano. Shartnomada sotib olish majburiyati yoki to‘lov varianti nazarda tutilmagan.
Klublar bitimning deyarli barcha tafsilotlarini kelishib olgan. “Inter” belgiyalikning ijarasi uchun 8 million yevro to‘laydi, shuningdek, bonusli to‘lovlar ham taqdim etiladi.
Lukaku 2019-yildan 2021-yilgacha “Inter”da to‘p surdi. O‘tgan yozda u 115 million yevro evaziga “Chelsi”ga o‘tgandi. Romelu 2021/22-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda 15 ta gol urdi.
Izoh (0)