• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DTM mas’uli abituriyentlar duch kelayotgan noqulaylikni izohlab, kirish imtihonlari qayerda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritdi

    Har yili iyun—iyul oylari o‘zbekistonlik yoshlar, xususan, abituriyentlar uchun muhim bo‘lgan oylar hisoblanadi. Bu muddatda ko‘pchilik yoshlar oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshiradi. Lekin deyarli har yili yo qabul boshlanish vaqti muddatidan kechikadi yoki qaysidir yo‘nalishdagi fanlar blogi tubdan o‘zgaradi. Amaliyotchi jurnalist Dilshod Hakimov bu yilgi qabul jarayonlari boshlanishi va ayni paytda abituriyentlar duch kelayotgan muammolarni o‘rgandi.

    Foto: Dilshod Hakimov

    Foto: Dilshod Hakimov

    DTM bu yil ham nuqsonlardan xoli emas. Kuni kecha — 20-iyundan onlayn qabul jarayoni rasman boshlangan bo‘lsa-da, abituriyent “dtm.uz” yoki “my.gov.uz” sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘ziga tegishli pasport ma’lumotlarinigina kiritishi mumkin. Ammo qayerga va qaysi yo‘nalishga o‘qishga topshirishini belgilay olmaydi. Sababi esa haliyam davlat qabul komissiyasi kvotalarni tillar kesimida belgilamagan. Bundan tashqari moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar ham kontrakt kvotalarini tasdiqlagani yo‘q.

    O‘zbekistonda 1994-yildan boshlab yildan yilga o‘zgarib kelayotgan test usulidan foydalanib kelinmoqda. Masalan dastlab testlar tashkil qilinganida 2 ta (A va B) variantlardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib variantlar soni 4 tani (A, B, C va D) tashkil qilmoqda.

    Tan olish kerak, DTM o‘z faoliyati davomida abituriyentlarga bir qancha qulayliklar ham yaratgan. Masalan, qabul jarayonlarining onlayn tizimga o‘tganligi oldingiday abituriyentni qo‘liga hujjat olib OTM dan OTMga yurib ovora bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu abituriyent uchun qadrli bo‘lgan vaqtni tejaydi. Test topshirilgan kunning keyingi kuni to‘plangan ball va javoblar varaqasini ko‘ra olish esa, ichkarida “o‘yin” bo‘lmayotganini bildiradi. Bundan tashqari test jarayonlari vaqtidagi nazorat va jamoatchilik nazoratining oshganligi qabul imtihonlaridagi shaffoflik va oshkoralikni ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarib qo‘ydi. “Falon so‘m pul berib o‘qishga kiribdi”,“tanishi orqali kiribdi”, kabi gap so‘zlar yildan yilga yo‘qolib bormoqda. Bu kabi tashabbuslar tahsinga sazovor, albatta.

    Tashkilotning abituriyentga qulaylik yaratishdagi har qanday tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin yildan yilga muammolarning ko‘payib borgani jamiyatning tashkilotga bo‘lgan ishonchi ham kamayib borayotgandek, nazarimizda. Masalan, ayrim xurmacha qiliqlar va an’anaga aylanib borayotgan qabulning kechga qolishi, ro‘yxatdan o‘tish jarayonidagi texnik muammolar, yakuniy mandatning kechikishi kabi muammolarning borligi “kosmik kemalarimiz koinotni zabt etayotgan bir vaqtda” alamli va kulgilidir. Ayniqsa, test boshlanishiga uch-to‘rt oy qolganda test topshiriladigan fanlar ro‘yxatining o‘zgarib ketishi abituriyentlarni esankiratib qo‘ymoqda. Shunday holat 2020-yilning aprel—may oylarida bo‘lgan. Jurnalistika yo‘nalishidagi kasbiy (ijodiy) imtihon o‘rniga ona tili fanida imtihon bo‘lishi e’lon qilingan. Yoki 2019-yilda yurispuridensiya yo‘nalishida tarix 1-blokdan 3-blokka, ona tili 3-blokdan 1-blokka o‘zgargani o‘quv yilining deyarli yarmida xabar qilingan.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev “Nega bloklardagi o‘zgarishlar yil o‘rtasida yoki oxirida e’lon qilinadi”, degan savolimizga quyidagicha javob berdi.

    “Fanlar majmuasi yoki ketma-ketligini belgilash DTM vakolatiga kirmaydi. Davlat test markazi faqat imtihonni tashkil qilib beradi. Mandat natijalari kechikishi bilan bog‘liq holatlar esa bundan 4-5 yil avval bo‘lgan. Hozir esa abituriyentlar test topshirgan kunning ertasiga o‘zlari to‘plagan ballni bilishlari mumkin bo‘ladi. Yakuniy javoblar esa oxirgi testlar o‘tkazilganidan bir hafta o‘tgach e’lon qilinadi. So‘nggi ikki yilda pandemiya sabab imtihonga kelganda tekshiruvlar vaqtida tana harorati yuqori bo‘lgan nomzodlar uchun qo‘shimcha test kunlari joriy qilindi. Bu ham vaqt olgani bois, mandat kechikish holati yuz berdi. Ayni paytda yurtimizda virus bilan kasallanish kam. Shu holat saqlanib qolsa, bu yil mandat chiqishida kechikishlar bo‘lmaydi”, — deydi Orziqul Boboyev.

    Mas’ulning aytishicha, joriy yilda DTM test sinovlari o‘tkazilishining 2 xil variantiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Agar epidemiologik holat barqaror bo‘lib tursa, test jarayonlari yopiq binolarda o‘tkaziladi. Buning uchun respublika bo‘ylab 85 ta bino tayyorlanmoqda. Agar vaziyat o‘zgarsa, 53 ta ochiq joyda test o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    22.06.2022, 21:09   Izoh (0)   18421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kattaqo‘rg‘on shahridagi tug‘uruqxonada 33 yoshli ayol vafot etdi

    22.06.2022, 20:35

    “Qachondan boshlab milliy xususiyatlar haqorat bo‘lib qoldi?”. Alisher Qodirov “lo‘lichilik qilmang” degan gapiga izoh berdi

    22.06.2022, 20:23

    “O‘zbekiston har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor”. TIV Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    22.06.2022, 19:44

    Rossiyaning Utair aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni ochdi

    22.06.2022, 19:10

    Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

    22.06.2022, 18:39

    “To‘palang, axir bu Sanginov! Ishonchdan chiqish yomon narsa-da”. O‘zbekistonliklar To‘palang suv omborida sodir bo‘lgan holatga qanday munosabat bildirdi?

    22.06.2022, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.