Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning mamlakatimizga davlat tashrifi 22-iyun kuni yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, prezidentlarning muloqoti juda samarali bo‘lgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida deklaratsiya hamda ko‘plab boshqa hujjatlar imzolangan. Davlat rahbarlarining muloqoti Xorazmda davom etgan.
Davlat rahbari oliy martabali mehmonni aeroportda kuzatib qo‘yib, Toshkentga qaytib keldi.
Izoh (0)