Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon banki Sharqiy va Janubiy Afrikaga keyingi oygacha mintaqadagi 66,4 mln kishiga ta’sir qilishi kutilayotgan oziq-ovqat stressi bilan kurashish uchun 2,3 mlrd dollarlik dasturni tasdiqladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Moliyalashtirish Ukrainadagi urush natijasida kuchaygan qurg‘oqchilik, zararkunandalar va kasalliklarning tarqalishi natijasida yuzaga kelgan oziq-ovqat tizimidagi zarbalarni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan.

Birinchi bosqichda benefitsiar mamlakatlar Efiopiya va Madagaskar bo‘lib, u yerda qurg‘oqchilik tufayli mos ravishda 22,7 mln va 7,8 mln kishi oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan, — deyiladi Jahon banki bayonotida.

Ushbu bosqich uchun moliyalashtirish paketi 788 mln dollarni tashkil etadi. Bu esa 2,3 mln kishiga foyda keltirishi kutilmoqda.

Mablag‘larning bir qismi, shuningdek, ma’lumot almashishni kuchaytirishga yordam berish uchun Hukumatlararo rivojlanish organi, Janubiy Afrika uchun qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarini muvofiqlashtirish markazi kabi mintaqaviy organlarga yo‘naltiriladi.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi bosqichlarda ishtirok etishi kutilayotgan davlatlar: Komor orollari, Kongo Demokratik Respublikasi, Lesoto, Malavi, Mozambik, Janubiy Sudan, Tanzaniya, Zambiya, Zimbabve.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)