Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘oniston janubi-sharqidagi Paktika viloyatida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 250 kishi halok bo‘ldi, 150 ga yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, BBC xabar berdi.

Foto: Afghan government news agency

Foto: Afghan government news agency

Ijtimoiy tarmoqlarda vayron bo‘lgan uylar, ko‘chalardagi vayronalar va zambilda olib ketilayotgan qurbonlar aks etgan kadrlar tarqalmoqda.

Mahalliy hokimiyat vakilining aytishicha, tabiiy ofat qurbonlari soni ortishi mumkin.

Zilzila epitsentri Afg‘oniston janubi-sharqidagi Xost shahridan 44 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Yer silkinishlari mamlakat chegarasidan 500 kilometrdan ortiq masofada, jumladan, O‘zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida, Pokiston poytaxti Islomobodda va Hindistonda sezilgan.

“Paktika viloyatining to‘rt tumanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Yuzlab aholisimiz halok bo‘ldi va jarohatlandi, o‘nlab uylar vayron bo‘ldi. Biz barcha idoralarni hududga zudlik bilan yordam yuborishga chaqiramiz”, — deb yozgan mahalliy hokimiyat vakili Bilol Karimiy Twitter’da.

Amerikalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 6,1 magnitudali zilzila 22-iyun kuni erta tongda, ko‘pchilik hali uxlayotgan paytda, 51 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi