Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida (TBMV) uyushgan terrorchilik guruhlari faoliyati to‘liq to‘xtatildi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha idoralararo shtabga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Xorug‘ shahri

Xorug‘ shahri
Foto: Idoralararo shtab

Eslatib o‘tamiz, 14-may kuni TBMVda aholi norozilik aksiyasiga chiqib, viloyat rahbarining iste’fosini, Xorug‘dagi barcha blokpostlar ochilishini va Badaxshon fuqarolarini ta’qib qilish to‘xtatilishini talab qilgan edi. Norozilik namoyishlari faol Amriddin Alovatshoyev va MMA jangchisi Chorshanbe Chorshanbiyevga nisbatan sud hukmlaridan keyin boshlangan edi.

“May oxirida Xorug‘ shahrida va Ro‘shon tumanida bo‘lib o‘tgan voqealar avvaldan rejalashtirilgan, ham ichkaridan, ham tashqaridan manfaatdor bo‘lgan tomonlar viloyatda xavfsizlik sohasidagi vaziyatni beqarorlashtirmoqchi va fuqarolar tinchligini buzmoqchi bo‘lgan”, — deyiladi shtab xabarida.

“Xorug‘, Ro‘shon va Roshtqala tumanlari uyushgan jinoiy guruhi boshliqlari o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm qilinganidan keyin hukumat tomonidan bir necha marta afv etilgan, ammo zarur xulosalar chiqarmasdan, o‘z jirkanch harakatlarini davom ettirgan”, — deyiladi xabarda.

“Xovar” ma’lumotlariga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari chog‘ida uyushgan jinoiy guruhning barcha 12 nafar boshliqlari qo‘lga olingan. Maxsus operatsiyalar natijasida jami 220 kishi hibsga olingan, 53 kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, qurolli qarshilik ko‘rsatgan 16 kishi “zararsizlantirilgan”, deb xabar beradi shtab.

May oyida BMTning ozchiliklar masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Fernan de Varenn Tojikistonni TBMVda Pomir ozchiliklari vakillariga qarshi repressiyalarni to‘xtatishga chaqirgandi. U hukumatning noroziliklarga qattiqqo‘llik bilan javob ko‘rsatishi, shu jumladan, 18-may kuni aksilterrorchilik operatsiyasi doirasida namoyishalrni bostirish uchun o‘ta qattiq va noqonuniy kuch ishlatish, hibsga olish va harbiylarni jalb qilishi yuzasidan xavotir bildirgandi.

TBMVda keskin vaziyat o‘tgan yil noyabrida yuzaga kelgan, o‘shanda pomirlikning xavfsizlik xizmati tomonidan o‘ldirilishi keng ko‘lamli noroziliklarni keltirib chiqargan edi.

2021-yil 25-noyabr kuni yosh pomirlik Gulbiddin Ziyobekov, taxminlarga ko‘ra, Tojikiston xavfsizlik kuchlari tomonidan qiynoqqa solingan va o‘ldirilgan. Shu kuniyoq odamlar TBMVning poytaxti Xorug‘da ushbu qotillikdan norozi bo‘lib marsh uyushtirgan edi. BMT yangiliklar xizmati keltirib o‘tgan xabarlarga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari namoyishni o‘qqa tutgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, 17 kishi yaralangan, o‘nlab odamlar qamalib ketgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi