• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Norozilik namoyishlari, aksilterrorchilik operatsiyasi, qurbonlar. Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida nimalar bo‘lyapti?

    Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ofitseri Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati (TBMV)dagi aksilterrorchilik operatsiyasi chog‘ida halok bo‘ldi, yana 13 nafar harbiy xizmatchi og‘ir jarohatlar oldi, deb yozadi “Gazeta.uz” mamlakat IIVga tayanib.

    Videodan kadrlar

    Videodan kadrlar

    Idora ma’lumotlariga ko‘ra, “200 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruhlar barcha turdagi qurollarni qo‘llagan holda” Rushon tumani markazida uchta nuqtada “Dushanbe—Xorug‘” avtotrassasini va chegara komendaturasiga olib boruvchi yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Xabarda aytilishicha, “jinoiy guruhlar oldindan bu harakatlarni amalga oshirishga tayyorlangan va shu maqsadda chet eldan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni keltirgan”.

    “Fuqarolar xavfsizligi va jamoatchilik huquqiy tartibini ta’minlash maqsadida mamlakat huquq-tartibot organlari aksilterrorchilik operatsiyasini boshladi. Natijada 8 jangari xavfsizlantirildi (o‘ldirildi), 11 kishi yarador qilindi va terrorchilik guruhining 70 dan ortiq faol a’zolari qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.

    IIV qayd etishicha, “jinoiy guruh Rushon tumani raisi o‘rinbosari Laylo Chorshanbiyevani to‘sib qo‘yilgan yo‘ldan o‘tgani uchun do‘pposlagan va unga tan jarohatlari yetkazgan”.

    Vazirlik ta’kidlashicha, tinch aholi orasida jabrlanganlar yo‘q, ammo internetda 11 kishi halok bo‘lgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Hozirgi vaqtda tumandagi vaziyat barqaror, ijtimoiy infratuzilma va jamoat transporti o‘zining kundalik faoliyatini boshladi, deyiladi bayonotda.

    “Uyushgan jinoiy guruhlardan ko‘p sonli qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, ‘Molotov’ kokteyli musodara qilindi”, — deyiladi xabarda va guruhning boshqa a’zolari qurollarini tashlab, taslim bo‘lishga chaqiriladi.

    Norozilik namoyishlari

    Tojikistondagi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Xorug‘ shahrida 14-may kuni bir necha yuzlab aholi norozilik aksiyasiga chiqib, viloyat rahbari Alisher Mirzonabot va Xorug‘ meri Rizo Nazarzodaning iste’fosini talab qildi. Ular, shuningdek, Xorug‘dagi barcha blokpostlar olib tashlanishini va Badaxshon aholisini ta’qib qilish to‘xtatilishini talab qildi.

    Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi vaziyat so‘nggi kunlarda sudlar aktivist Amriddin Alovatshoyevni 18 yil koloniyaga va MMA jangchisi Chorshanbe Chorshanbiyevni 5,5 yil ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilganidan keyin murakkablashdi.

    Hukumat iste’foga chiqish masalasini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi, shu tufayli 16-may kuni mahalliy yoshlardan iborat katta guruh viloyat ma’muriyati tomonga qarab yo‘l oldi. Chinoq qishlog‘i yaqinida ularni Tojikiston xavfsizlik kuchlari idoralari xodimlari qarshi oldi. Badaxshon huquq-tartibot organlari xodimlari norozilik namoyishi ishtirokchilariga qarshi rezina o‘qlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi. Bir necha kishi jabrlangani aytildi.

    17-may kuni Tojikiston IIV namoyishlarning taxminiy tashkilotchilarini e’lon qildi, bular Barxorug‘ mitti tumani “norasmiy yetakchisi” Mamadbokir Mamadbokirov, qidiruvda bo‘lgan muxolifatchi faol Alim Sherzamonov va mustaqil jurnalist Ulfatxonim Mamadshoyeva bo‘lib chiqdi.

    IIV qayd etishicha, Mamadbokirovning ko‘rsatmasi bilan “yetarlicha bilimi yo‘q o‘spirinlar” guruhi Xorug‘ fuqarosi Zamir Nazrishoyev rahbarligi ostida, viloyat sudi binosida o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotgan “TBMV bo‘yicha IIV boshqarmasi xodimlariga qurolli hujum uyushtirgan va qo‘l granatasini portlatgan”.

    Oqibatda, idora ma’lumotlariga ko‘ra, uch nafar IIV xodimlari yaralangan, Nazrishoyevning o‘zi kasalxonada vafot etgan.

    TBMV prokuraturasi “voqea tashkilotchilari”ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Ulfatxonim Mamadshoyeva “Farg‘ona” bilan suhbatda ayblovni “g‘irt bema’nilik” deb atadi.

    “Agar men nimanidir tashkillashtirganimda, hammadan oldinda borgan bo‘lardim. Men shunaqa odamman. Yaqinda Pomirda bo‘lgandim, lekin Dushanbega kelganimga bir haftadan oshdi, u yerda nimadir bo‘lishini taxmin ham qilmagandim. Aksincha, u yerga borganimda fuqarolar faolligi pasayganini ko‘rgandim. Endi esa bir soat ichida qarabsizki, bosh ko‘tarishgan. O‘ylashimcha, bu Chorshanbe Chorshanbiyevga nisbatan adolatsiz hukmdan keyin yuz bergan”, — dedi u.

    Ayni vaqtda “Kommersant”ga bergan intervyusida Mamadshoyeva aksiya haqidagi xabarlarni tarqatganini tan oldi. “Bir hafta oldin Xorug‘dan Dushanbega kelgandim, miting haqida bilmagandim. Tashkilotchilari kimligini ham bilmasdim, — dedi u. — Ha, mening saytimda e’lon repost qilingandi, biz hamjihat xalqmiz va qiyin vaziyatda doim bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”. Bir hafta avval, Mamadshoyevaning so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Badaxshonda “vaziyat tinch” bo‘lgan, biroq “hamma Gulbiddin Ziyobekov ishi bo‘yicha tergov tugashini kutgan”.

    Internetda Tojikiston Qurolli kuchlari vertolyoti halokatga uchragani haqida xabar paydo bo‘ldi. U Afg‘oniston tomonida turib urib tushirilgani ma’lum qilindi. Tojikiston Mudofaa vazirligi bu xabarga raddiya berdi.

    OAVlarga bosim haqidagi xabarlar

    Tog‘li Badaxshonda sodir bo‘layotgan voqealar haqida batafsil va ishonchli ma’lumotni qo‘lga kiritish imkonsiz bo‘lib qolmoqda. Xabarlarga ko‘ra, hududda internet o‘chirib qo‘yilgan, Tojikistondagi eng yirik mustaqil OAV, “Aziya-Plyus” agentligi esa yopilish xavfi tufayli norozilik namoyishlarini yortiishdan bosh tortishini ma’lum qildi.

    “Afsuski, yopilish xavfi ostida biz bu hodisalarni to‘liq yorita olmaymiz. Avvalroq ‘Aziya-Plyus’ga nashrimiz TBMVdagi voqealarni ‘bir tomonlama’ yoritib, ‘mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirayotgani’ haqida Bosh prokuraturadan rasmiy ogohlantirish va boshqa davlat tuzilmalaridan norasmiy ogohlantirish olgan edi”, — deyiladi tahririyat bayonotida.

    “Ozodi” radiosi (“Ozodlik radiosi”ning Tojikistondagi idorasi) va “Nastoyeshcheye vremya” jurnalistlari Dushanbeda hujumga uchragan. Ularning barcha xizmat texnikasi, shuningdek, ish va shaxsiy mobil telefonlari olib qo‘yilgan.

    “Ozodi” ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 17-may kuni, OAV muxbirlari Ulfatxonim Mamadshoyeva bilan intervyu o‘tkazganidan keyin yuz bergan.

    “Nastoyashcheye vremya” muxbiri Anushervon Aripov voqea faol Ulfatxonim Mamadshoyeva bilan intervyudan keyin sodir bo‘lganini tasdiqladi.

    18-may, chorshanba kuni “Fergana” Ulfatxonim Mamadshoyeva va uning turmush o‘rtog‘i, asli TBMVdan bo‘lgan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari generali Xolbash Xolbashev qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • Tojikistonda aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazilmoqda
    • Tojikistonning Xorug‘ shahrida namoyishchilar mer iste’fosini talab qilmoqda (video)

    19.05.2022, 09:50   Izoh (0)   36170
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSHning Ukrainadagi elchixonasi uch oylik tanaffusdan so‘ng ochildi

    19.05.2022, 08:43

    Jo Baydenning qizi koronavirusga chalindi

    19.05.2022, 07:09

    Dunyoning eng yirik aviatashuvchisi Rossiyaga qo‘llanilgan sanksiyalar tufayli 113 ta samolyotini yo‘qotdi

    18.05.2022, 21:21

    Rossiyada defolt xavfi ortib bormoqda — Bloomberg

    18.05.2022, 20:56

    Lukashenko terrorizm uchun o‘lim jazosi haqidagi qonunni imzoladi. Belarusda ushbu modda bo‘yicha muxolifatchilarga ayblov qo‘yilgan

    18.05.2022, 20:20

    “Biz rublda to‘laymiz” — Rossiya moliya vaziri Siluanov tashqi davlat qarzi bo'yicha defoltni istisno qildi

    18.05.2022, 19:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.