Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson ukrainaliklarga qisqa murojaat yo‘lladi.
“Bu Mayk Tayson. Ukrainaliklar, men sizlar bilan”, — deydi afsonaviy bokschi.
Avvalroq futbol afsonasi Pele Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilgan va bu urushni to‘xtatish uning qo‘lida ekanini aytgandi.
Shuningdek, rossiyalik sobiq futbolchi Igor Denisov Ukrainadagi voqealarni qoralashini yashirib o‘tirmagan va Putindan barchasini to‘xtatishni so‘ragandi.
Izoh (0)