Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Rossiya terma jamoasining sobiq sardori Igor Denisov sharhlovchi Nobel Arustamyan bilan suhbatda Rossiyaning xalqaro musobaqalardan chetlatilgani va Ukrainada bo‘lib o‘tayotgan voqealar haqida gapirib o‘tdi.

Foto: “Sport-Ekspress”
UEFAning Rossiya terma jamoalari va klublarini chetlatish qarori haqida

Buni to‘g‘ri deb hisoblayman. Chunki… Bilasizmi, singlimga ham aytdim, siz, men, shu yerda o‘tirgan barcha odamlar voqealarga aloqadormiz. Bunda barchamiz ishtirok etyapmiz. Bu mening fikrim. Siyosatni tushunmaydigan odamning fikri.

Umuman olganda bundan ham ko‘proq narsalar tarafdoriman. Chunki hozir bo‘layotgan narsalarni to‘xtatish kerak. Buni bizga nisbatan juda qattiq munosabat orqali to‘xtatish mumkin.

Bularning foydasi yo‘q, barchasi safsata deb kulamiz. Yo‘q. Futbolimiz juda chetga chiqib ketdi, agar keyingi yil Yevropani o‘tkazib yuborsak, bundan battarroq bo‘ladi. Lekin bu, yana, kechirasiz, mening fikrim, albatta, bu to‘g‘ri degani emas. Ammo sodir bo‘layotgan hodisalar men uchun — shunchaki falokat. Barchasi.

Rossiya prezidentiga murojaat yo‘llagani haqida

Vladimir Putinga murojaat qildim, uning videosini jo‘natdik, biroq hamma (barcha rus OAV nazarda tutilmoqda) rad etdi. Unda nima deyilgandi? Bu voqealarning hammasi to‘xtatilishi so‘ralgandi. Unga hatto ‘oldingizda tiz cho‘kishga ham tayyorman’ deganman. G‘ururli yigit hammasi tugashi uchun tiz cho‘kishga tayyor edi. Umuman olganda menda g‘urur ham qolmagandi, chunki bu nimaga olib borishini bilib turardim. Afsuski, hech kim e’lon qilishni xohlamadi.

Boshqa futbolchilarning jim turgani haqida

Bu meni hayron qoldirdi. Uch yil avval faoliyatimni yakunlaganman. Biroq 29 yosh bo‘lganimda ham, hatto, o‘z oilamni ta’minlab qo‘yishga ulgurmagan taqdirimda ham 25-sanada futbolni yig‘ishtirardim. Ha, ko‘p pul yo‘qotardim, ammo bu fikrimni o‘zgartira olmasdi. Bunday sharoitda ortiq futbol o‘ynay olmasdim. Bu men uchun katta muammo.

O‘zini nimada ayblashi haqida

Bunday holat yuz berganini qoralayman. Singlim aytganidek, buning bizga aloqasi yo‘q, lekin o‘z nuqtayi nazarimni hukumatga yetkaza olmaydigan qandaydir hislar bor. Aytaylik, menga o‘xshagan odam bu noto‘g‘ri ekanligiga to‘liq ishonadi, lekin buni ayta olmaydi. Bugun siz meni bu yerga chaqirdingiz.

Bu noto‘g‘ri desam, hech narsa o‘zgarmaydi. Minglab odamlar bu noto‘g‘riligini aytsa ham hech narsa o‘zgarmaydi. Million odam aytsin, baribir hech narsa o‘zgarmaydi.

Qachonki, 140—150 million odamning barchasi bu noto‘g‘ri ekanligini tushunsa, ehtimol, o‘shanda nimadir o‘zgarar. Afsuski, bizda bilmayman deyishadi, 50 ga 50, 60 ga 40, kimdir to‘g‘ri deydi, kimdir esa noto‘g‘ri. Mamlakatimiz u yerga borgan bo‘lsa, menimcha, bu barchamizning aybimiz.

Donbassdagilar 8 yil davomida o‘z hududidagi ruslarni qiynab kelgani, genotsid uyushtirgani haqidagi fikrlarga munosabati haqida

Ha, bunday fikrlarga ko‘p duch kelaman, xususan, singlim ham shunday fikrda.

Bilmadim, bu savolga qanday javob berish kerak. Shunchaki televizor ko‘rmang deya olaman. Yana boshqa nimani maslahat berishni ham bilmayman. Agar so‘nggi 8 yil davomida men ham uni ko‘rib borganimda, balki boshqacha nutayi nazarga ega bo‘larmidim. Men televizor ko‘rmayman.

Menimcha, odamlar ham bunda aybdor emas. Ertalab yangiliklarni ko‘rish uchun televizorni yoqasiz — u yerda sizga jar solishadi. Tushlik paytida yoqasiz — yana jar solishadi. Kechga ham shu ahvol. Va bu uzoq yillar davomida takrorlanib kelmoqda. Balki nimadir o‘zgarayotgandir, bilmayman.

Mening juda aqlli singlim bor. To‘g‘ri, aql nisbiy, lekin u ahmoq emasligi aniq. Uning o‘z shaxsiy fikri bor. U nima haqida o‘ylayotganini bilaman. O‘zimning tug‘ishgan singlimni hech narsaga ishontira olmayman, buning iloji yo‘q. Agar biz o‘z oilamizda nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘ri ekanligini aniqlay olmasak, boshqalarning oilasiga, boshqalarning fikriga qanday ta’sir o‘tkazishimiz mumkin? Hech qachon.

Igor Denisov, sobiq futbolchi

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni FIFA va UEFA Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya terma jamoalari va Rossiya klublarini barcha xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatdi. Rossiya terma jamoasi esa xalqaro musobaqalardan, xususan, JCH—2022 o‘tish o‘yinlari va UEFA Millatlar Ligasidan chetlatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi