“Leypsig” yarim himoyachisi Dani Olmoning qimmatbaho Rolex soati ko‘chada o‘g‘irlab ketildi.
Ta’tilni Valensiyada o‘tkazayotgan Ispaniya terma jamoasi futbolchisi o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi. Hodisa 17-iyun kuni kechki payt, ispaniyalik futbolchi akasi bilan sartaroshxonadan chiqib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Ikki kishi Olmoni chiqish joyida kutib turgan va ko‘chada unga hujum qilib, qiymati 30 ming yevroga teng soatini olib qochgan. Danining akasi jinoyatchilar hujumiga uchragan. U mashinada qochib ketayotgan o‘g‘rilarni to‘xtatishga uringan vaqtda yaralangan.
Avvalroq “Manchester Yunayted” futbolchisi Pol Pogba maydonda to‘p surayotgan vaqtida uning uyiga o‘g‘ri tushgani haqida ma’lumot berilgandi. Karim Benzemaning uyi ham o‘marin ketilgani aytilgandi. “Liverpul” futbolchisi Fabinyo ham o‘g‘rilik qurboni bo‘lgandi. Talonchilar “Manchester Siti” vingeri Riyod Mahrezni yarim million yevroga chuv tushirgani haqida xabar berilgandi. Dele Alli esa o‘z uyida bosqinchi o‘g‘rilar tomonidan kaltaklangandi.
Izoh (0)