• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dehqonobodda xonadonlarga ichimlik suvi quvuri tortilyapti, ammo tumanda santexnik yo‘q”. Zoir Aliqulov kasb-hunar maktablari ehtiyojdan kelib chiqib kadr tayyorlamayotganini aytmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov tumanda yoshlar bandligini ta’minlash va kasb-hunar maktabi bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasida fikr bildirib, “Dehqonobodda deyarli barcha xonadonlarga ichimlik suvi quvuri tortilmoqda. Ammo bizda haligacha santexnik yo‘q”, dedi. Bu haqda hokim maktab bitiruvchilari bilan muloqotida gapirib, mas’ullarga taklif berganini aytib o‘tgan.

    Zoir Aliqulov.

    Zoir Aliqulov.
    Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

    “Tumandagi kasb-hunar maktablari, kollejlar tuman uchun kerakli kadrni tayyorlasin. Masalan bugungi kunda tumanda aholi xonadonlariga ichimlik suvi quvurlari tortilmoqda. Har bir xonadonga toza ichimlik suvi kirib boryapti. Demak, aholida santexnik xizmatiga ehtiyoj bor. Lekin eng yomoni bizda santexnik yetarli emas. Holbuki, har yili kasb-hunar kollejlari va kasb-hunar maktablarini yuzlab yoshlar bitirmoqda. Lekin aksariyati ish topishda qiyinchilikka uchramoqda”, — dedi tuman hokimi.

    Hokim hududdagi kasb-hunar maktablari tumandagi mavjud ish o‘rinlari uchun mutaxassis tayyorlab berishi kerakligini, shuningdek kasb-hunar maktabi bitiruvchilarini ishga olgan tashkilotlarga qo‘shimcha imtiyoz berilishi kerak degan taklifni o‘rtaga tashlagan.

    “Kollej va kasb-hunar maktablarini tamomlagan yoshlarni ishga qabul qilgan korxona va tashkilotlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish kerak. Masalan ish haqi, ijara to‘lovlarini to‘lash masalasida yengillik bersak, bunga qiziqish paydo bo‘ladi”, — degan tuman hokimi mazkur masalada fikr bildirar ekan.

    Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

    Tuman hokimining aytishicha, hududdagi “Duob”, “Terakli”, “Oybek” va “Oqqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari tuman markazidan 180—230 km uzoqlikda joylashgan, hudud yoshlari kasb-hunar egallash uchun uzoq masofadan tuman markaziga kelib o‘qish imkoniyatiga ega emas.

    “Prezidentimizning 2019-yil 6-sentabrdagi farmoniga asosan ‘Duob’ mahallasida joylashgan quvvati 405 o‘rinli Dehqonobod xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 50 o‘rinli yotoqxonasi bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga ko‘p tarmoqli o‘quv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun ajratib berilgan. Ammo uch yildan buyon Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti binodan foydalanmagan. Bino bo‘sh turibdi. Binodan maqsadli foydalanish maqsadida kollej binosida kasb-hunar maktabi tashkil etilsa, hududdagi to‘rtta mahallada yashovchi kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan yoshlarga qulaylik yaratilgan bo‘lar edi”, — deydi tuman hokimi mas’ullarga bergan takliflari haqida gapirar ekan.

    Dehqonobod hokimining ma’lumot berishicha, 2020—2021-o‘quv yilida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini jami 2394 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lib, shundan 438 nafari Oliy ta’lim muassasalariga, 264 nafari kasb-hunar maktablariga, 243 nafari kollejlarga o‘qish va kasb-hunar egallash uchun o‘qishga qabul qilingan.

    “2021-yilda tumandagi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 384 nafar bitiruvchining 169 nafari yoki 44 foizi egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashgan. Qolgan 56 foizi yoki 215 nafari boshqa sohada ishlashga majbur bo‘lmoqda. Keyingi uch-to‘rt yilda tumanda chorvachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi, tadbirkorlar tomonidan pista va kovrak plantatsiyalari tashkil etilganligi e’tiborga olinib, veterinariya, zootexnika, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash mutaxassisi, santexnik xizmati ko‘rsatuvchi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi”, — dedi hokim.

    Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

    Hokim shuningdek, muloqotda maktab bitiruvchilariga yaxshi o‘qib, kelajakda tumandagi mavjud ishlar uchun kerakli mutaxassis bo‘lib yetishishni taklif qilgan.

    “Sizlarga o‘zimning hayotimdan misol keltirmoqchiman. Men ham 25 yil oldin xuddi Sizdek yosh bitiruvchi edim. Kechani kecha kunduzni kunduz demasdan o‘qidik. Kezi kelganda pul topish uchun ko‘chaga chiqdik. Endi Sizlar mustaqil hayotga birinchi qadamingizni qo‘ydingiz. Siz ertaga hokim, shifokor, prokuror, ichki ishlar xodimi bo‘lishingiz kerak. Orzu havas bilan maqsadlaringiz mushtarak bo‘lsin. O‘qing, izlaning, to‘xtab qolmang”, — degan tuman hokimi.
    18.06.2022, 23:28   Izoh (0)   21835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Milliy gvardiyasining qisqa raqamli telefon tarmog‘i ishga tushdi

    18.06.2022, 22:59

    O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi futbol uchrashuvi munosabati bilan “Bunyodkor” stadioniga tutash ko‘chalar yopiladi

    18.06.2022, 22:25

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Sho‘rtan boshqarmasidagi qazib chiqarish jarayonlarini qayta tiklash ishlari holatini o‘rgandi

    18.06.2022, 21:52

    “Sizga o‘xshagan prezident bo‘laman” — Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan bemor bola

    18.06.2022, 21:45

    1-iyuldan mashinalar “tonirovka”si bepul bo‘lishi mumkin. Respublika YHXBB bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi

    18.06.2022, 21:09

    Farg‘onada ikki fuqaroning Qirg‘izistondagi o‘qishini ko‘chirib berish uchun 4,6 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

    18.06.2022, 20:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.