Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

U-23 Osiyo Kubogi finali doirasidagi O‘zbekiston U-23 va Saudiya Arabistoni U-23 o‘rtasidagi o‘yinga soat 14:00 dan boshlab muxlislar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ta’kidlanishicha, stadionga keluvchi muxlislarning ko‘pligini inobatga olinib, ularga qulaylik yaratish maqsadida uchrashuvni tomosha qilish uchun muxlislar stadionga soat 14:00 dan boshlab kiritilishi belgilangan.

“Stadionga kiradigan muxlislardan o‘zlari bilan yonuvchan, kesuvchan, o‘tkir tig‘li buyumlarni, shuningdek yelim idishlardagi (baklajka) suvlarni olib kirmasliklarini so‘raymiz. Stadionga kelishda jamoat transportidan foydalanishingizni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi U-23 Osiyo Kubogi finali “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi