Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

U-23 Osiyo Kubogi—2022 finali doirasidagi O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuviga chiptalar 17-iyun kuni “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga chiqdi.

Chiptaxona atrofida minglab muxlislar to‘plangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kassalarda faqat darvoza orti sektorlariga chiptalar sotilmoqda. Narx — 25 ming so‘m. Har bir kishiga ko‘pi bilan beshta chipta sotilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qilmoqda.

Ko‘plab chiptalar “qo‘lga” chiqib ketgan. Kassada 25 ming so‘mlik chiptalar “qo‘lda” 100—150 ming, hatto 200 ming so‘mdan sotilyapti. Yana bir chayqovchi markaziy sektordagi chiptani 500 ming so‘mga baholagan.

“Daryo” muxbirining aytishicha, 17:30 ga kelib, chiptaxonalar yopilgan. Chayqovchilar esa hech qanday taqiqsiz chipta olib-sotish bilan shug‘ullanyapti.

Avvalroq chiptalar elektron shaklda ham sotuvga chiqishi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda