Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukraina jangovar harakatlarda og‘ir qurol-yarog‘larining yarmini yo‘qotdi. Bu haqda Ukraina Quruqlik qo‘shinlari logistika qo‘mondoni Vladimir Karpenko National Defence jurnaliga ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Bugungi kungacha bizda faol janglar natijasida 30—40, ba’zan esa 50 foizgacha texnika talafoti bor”, — dedi u. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina 1300 ta piyodalar jangovar mashinasi, 400 ta tank va 700 ta artilleriya tizimini yo‘qotgan.

Karpenkoning aytishicha, front chizig‘i 2,5 ming km masofaga cho‘zilgan. “Faol janglar borayotgan front chizig‘i 1000 kilometrdan oshadi. Bu Kiyevdan Berlingacha bo‘lgan masofaga teng”, — dedi u.

Karpenkoning aniqlik kiritishicha, bitta brigada taxminan 40 kilometr frontni ushlab turadi. “Bu shuni bildiradiki, faol harbiy nizolar borayotgan maydonni himoya qilish uchun bizga 40 ta brigada kerak. Har bitta brigada — bu 100 ta piyodalar jangovar mashinasi, 30 ta tank, 54 ta artilleriya tizimi degani, bizda esa 40 ta brigada bor”, — deya xulosa qildi u.

Rossiya Mudofaa vazirligi 17-iyun kuni maxsus operatsiyalar boshidan buyon Ukrainaning 205 ta samolyoti, 131 ta vertolyoti, 342 ta zenit-raketa majmuasi, 3587 ta tanki va boshqa jangovar zirhli mashinalari, 539 ta baravar o‘t ochish reaktiv tizimi jangovar mashinasi, 2013 ta dala artilleriyasi qurollari va minomyotlari, 1233 ta uchuvchisiz uchar qurilmasi, shuningdek, 3658 ta maxsus jangovar avtomobil texnikasi yo‘q qilingani haqida xabar bergandi.

Ukraina hukumati G‘arb mamlakatlariga qurol-yarog‘ yetkazib berishni so‘rab bir necha marta murojaat qilgan. Aprel oxirida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sheriklar Kiyevga o‘zi so‘ragan qurol-yarog‘larni yetkazib berishni boshlaganini ma’lum qilgan, ammo gap aynan qanday qurollar haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan edi.

Avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 108 ta M777 gaubitsalarini yetkazib berganini ma’lum qildi. Shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyevga 1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi berilishini e’lon qildi, u yerga artilleriya qurollari va raketa tizimlari kirdi. Ukrainaga og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berishni aprel oxirida Germaniya va’da qilgandi, biroq hozircha birorta ham qurol yuborgani yo‘q.

Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiyaga teng kelish uchun 1 mingta 155 millimetrlik gaubitsa, 300 ta baravar o‘t ochish reaktiv tizimi, 500 ta tank va 2 mingta zirhli texnika kerakligini aytdi.

Ukrainaning Avstraliyadagi elchisi Vasiliy Miroshnichenko ta’kidlashicha, Zelenskiy diplomatlarga iloji boricha ko‘proq qurol-yarog‘, shu jumladan, gaubitsa va zirhli texnika yetkazib berilishiga erishish vazifasini yuklagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi