Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukrainaga 6956 kishi kirib kelgani, shularning 1956 nafari allaqachon yo‘q qilingani, 1779 nafari esa jo‘nab ketgani haqida xabar berdi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“2022-yil 17-iyun holatiga ro‘yxatlarimizda 64 ta mamlakatdan kelgan yollanma jangchilar va qurol-yarog‘dan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar bor”, — dedi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgan chet ellik yollanma askarlar soni qisqarmoqda, 20 ming kishi degan xabarlar noto‘g‘ri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga kirib kelayotgan har bir xorijlik yollanma askarni kuzatmoqda va qayd etmoqda.

“Buning ustiga, bizning hisob bazalarimizga hozir nafaqat Ukraina bo‘linmalari tarkibida bevosita jangovar harakatlarda qatnashayotgan yollanma askarlar kiritilgan. Biz shug‘ullantirish, Ukrainaga yetkazilayotgan G‘arb qurol-yarog‘larini qo‘llash va ta’mirlashda yordam berish uchun kelgan instruktorlarni ham hisobga olamiz”, — dedi Konashenkov.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p yollanma askarlar Ukrainaga Polshadan (1831 kishi), Kanadadan (601) va AQSHdan (530) kelgan. Yollanma askarlar va qurol-yarog‘dan foydalanish bo‘yicha mutaxassislarning umumiy soni 6956 nafarni tashkil etib, hozir Ukrainada ularning 3221 nafari qolgan.

Avvalroq AQSH Ukraina tomonida turib jang qilgan uch amerikalik g‘oyib bo‘lganini ma’lum qilgandi. U yo‘qolgan fuqarolar yuzasidan hozircha Rossiya bilan bog‘langani yo‘q, chunki Amerika hukumatida askarlarni Rossiya asirga olgani haqida ishonchli asoslar yo‘q.

9-iyun kuni “Donetsk xalq respublikasi” Oliy sudi Ukraina tomonida turib jang qilgan britaniyaliklar Shon Pinner va Eyden Eslinni hamda marokashlik Bragim Saadunni o‘lim jazosiga hukm qilgandi.

Ular ustidan sud jarayoni 7-iyun kuni boshlangan, ular DXR Jinoyat kodeksining 34-moddasi (“Bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish”), 323-moddasi (“Hokimiyatni majburan tortib olish yoki hokimiyatni majburan ushlab turish”) va 430-moddasi (“Yollanish”)  bilan ayblanmoqda. Mahbuslar o‘z ayblariga qisman iqror bo‘lgan.

AQSH Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken ularga o‘lim jazosi tayinlanganidan xavotir bildirdi. Britaniya rasmiylari ham ushbu hukmni qoraladi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass DXR sudining qarorini to‘qima va hech qanday qonunga asoslanmagan deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi