Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukraina G‘arb mamlakatlaridan o‘zi so‘ragan harbiy yordamning 10 foizinigina qabul qilgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: “Defence.gov”

Foto: “Defence.gov”

“Ukraina qancha ko‘p sa’y-harakatlar qilmasin, armiyamiz qanchalik darajada professional bo‘lmasin, g‘arblik sheriklarimiz ko‘magisiz bu urushda g‘olib bo‘la olmaymiz… Ukraina so‘ragan, bizga kerak bo‘lgan narsalarning taxminan 10 foizini oldik”, — dedi u.

Malyar qo‘shimcha qilishicha, G‘arb mamlakatlari Ukrainaga harbiy ko‘mak berishni tezlashtirishi va uni yetkazish bo‘yicha aniq muddatlar o‘rnatishi kerak. “Afsuski, biz juda uzoq kutolmaymiz, chunki vaziyat o‘ta murakkab”, — dedi mudofaa vaziri o‘rinbosari.

13-iyun kuni Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak urush tugashi uchun Ukrainaga 155 millimetr kalibrli mingta gaubitsa, 300 ta baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari, 500 ta tank, ikki mingta zirhli texnika va mingta uchuvchisiz uchar qurilmalar kerakligini aytgandi.

So‘nggi haftalarda Ukraina hukumati g‘arb mamlakatlaridan yangi qurollarni yetkazib berishni faol ravishda so‘ramoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainaga Donbassdagi og‘ir vaziyatni yengib o‘tishda yordam beradi, u yerda esa Rossiya harbiy texnika bo‘yicha jiddiy ustunlikka ega bo‘lib turibdi.

14-iyun kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg G‘arb mamlakatlarini Ukrainaga ko‘proq og‘ir qurol-yarog‘ yo‘naltirishga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Mahalliy
O‘zbekiston davlat xizmatlari sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi oldidan suv tarmoqlarini sozlash ishlari qanday ketayotgani aytildi