• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Butun dunyo ko‘mirdan voz kechayotgan bir paytda, O‘zbekiston uni ishlab chiqarishni oshirmoqda

    Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2022-yil yanvar—may oylariga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishi haqida ma’lumot berdi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Unga ko‘ra, yil boshidan beri O‘zbekistonda 2 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Birgina may oyining o‘zida bu ko‘rsatkich 470 ming tonnani tashkil qilgan va bu oshib bormoqda. Aprel oyida 440 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgandi. 

    May oyida 70 ming tonna, 2022-yilning dastlabki 5 oyida 317,9 ming tonna neft ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan sohadagi ishlab chiqarish 12,2 ming tonnaga kamaygan.

    Yanvar—may oylariga ko‘ra 22 mlrd kub metrdan oshiq tabiiy gaz, 555 ming tonna gaz kondensati ham ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikkala sanoat sohasida ishlab chiqarish kamaygan — mos ravishda 310 mln kub metr va 12,8 ming tonnaga. 

    May oyida 4 mlrd kub metrdan oshiq tabiiy gaz va 100 ming tonnaga yaqin gaz kondensati ishlab chiqarilgan.   

    Millonlab erta o‘limlar sababchisi

    Ayni paytda ko‘mir yoqilg‘isida elektr energiyasi ishlab chiqarishni tugatish 2050-yilgacha havo ifloslanishidan 14,5 mln erta o‘limning oldini oladi va 16,3 trln dollargacha iqtisodiy foyda keltiradi.

    Ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish — havo sifatini yaxshilash uchun beqiyos imkoniyat beradi.

    Xalqaro energetika agentligi (IEA) hisob-kitoblariga ko‘ra, energetika sohasida 2030-yilga borib ko‘mirdan to‘xtovsiz foydalanish 55 foizga kamayishi va 2040-yilga kelib butunlay to‘xtatilishi kerak.

    Xalqaro barqaror rivojlanish institutining yangi tadqiqotiga ko‘ra, neft, gaz va ko‘mir qazib olishni 2050-yilga kelib tugatish imkonsiz.

    Agar mavjud ko‘mir zavodlaridan foydalanishni cheklash va yangilarini qurishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmasa, Osiyodagi ko‘mir zavodlari hozirdan 2050-yilgacha yana 7 million erta o‘limga olib kelishi mumkin.

    Osiyo davlatlari 2037-yilga kelib ko‘mir ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatishni rejalashtirgan.

    Ifloslangan havo butun dunyo bo‘ylab sog‘liq uchun asoratlarning asosiy omili bo‘lib, har 9 o‘limdan 1 tasi havoning yomonligi sababli bo‘ladi. Zararli havodan 2019-yilda taxminan 6,7 mln o‘lim kuzatilgan.

    Ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalari birlamchi zarrachalar, masalan, PM2.5, shuningdek, ikkilamchi zarrachalar hosil qiluvchi oltingugurt dioksidi va azot oksidi kabi ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish orqali bu muammoga hissa qo‘shadi.

    Ushbu mikrozarralar o‘pka to‘sig‘idan o‘tib, qon tizimiga kirib boradi. Buning ortidan yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bevosita nafas olish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

    17.06.2022, 16:15   Izoh (0)   11957
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Qirg‘izistondan rekord miqdorda chorva mollari import qilmoqda

    17.06.2022, 13:08

    Ruminiya porti Ukraina donining asosiy tranzit markaziga aylanadi

    17.06.2022, 11:29

    Urush Ukraina qishloq xo‘jaligiga qancha zarar yetkazgani aniqlandi

    16.06.2022, 19:28

    O‘zbekistonning 2022-yilning birinchi besh oyidagi iqtisodiy holati ma’lum bo‘ldi

    16.06.2022, 18:20

    Yevropa Rossiyaning Osiyo davlatlariga neft eksportini cheklashga urinmoqda

    16.06.2022, 18:08

    AQSH asosiy stavkani keskin ko‘tardi. Bu jahon iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?

    16.06.2022, 15:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.