Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan 43 daqiqa ichida 2 ta yong‘in bartaraf etildi, deya xabar bermoqda viloyat FVB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 14-iyun soat 13:07 larda 101 qisqa raqami orqali Past Darg‘om tumani “Olti qahramon” MFYda traktor tirkamasiga yuklangan pres somonlarida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.
Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Qutqaruvchilar hodisa joyiga soat 13:10 da yetib borgan. Soat 13:44 da yong‘in batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 100 ga yaqin somon toylari yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.
Shuningdek, soat 13:11 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Navbahor” MFYda traktorni 2 ta tirkamasiga yuklangan somonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot qabul qilingan. Zudlik bilan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.
Qutqaruvchilar hodisa joyiga soat 13:15 da yetib borishgan. Soat 13:50 da yong‘in batamom o‘chirilgan. Yong‘in natijasida taxminan 400 kilogramm atrofida somon yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)