Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda 2022-yilning o‘tgan 5 oyi davomida 3449 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 82 kishi jarohat olgan bo‘lsa, 48 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda FVV bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan — yong‘inlar soni 567 taga, jarohat olganlar — 26 taga, halok bo‘lganlar 8 taga.

O‘lmas Muzaffarovning so‘zlariga ko‘ra, kunlarning keskin isib ketishi evaziga may oyi va iyun oyining birinchi o‘n kunligida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyat faollashgani kuzatilmoqda. Ushbu davrda sodir bo‘lgan yong‘inlar 981 tani tashkil etib, 106 tasi qurigan o‘simliklarning yonishi, 665 tasi aholi turar joylari va 210 tasi boshqa obyektlarga to‘g‘ri kelgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, aksariyat hollarda aholi yashash joylaridagi yong‘inlar maishiy konditsioner va muzlatkichlardan hamda tozalanmagan quruq o‘tlarning yonishidan kelib chiqayotgani ma’lum bo‘lmoqda.

Mutaxassis bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha masalahatlar bergan:

  • 5,3 kVt quvvatiga ega konditsioner, yuzasi 2,5 millimetrdan kam bo‘lmagan, ikki himoyali mis simlar orqali 25 Amperlik himoya avtomatiga ulanishi lozim;
  • 7,5 kVt quvvatiga ega konditsioner yuzasi 4 mm dan kam bo‘lmagan, ikki himoyali mis simlar orqali 35 Amperlik himoya avtomatiga ulanishi lozim.
  • konditsionerni ulashda alyumin simlardan foydalanish tavsiya etilmaydi;
  • ortiqcha yuklanish va elektr simlarining qizib, yonishining oldini olish maqsadida konditsioner elektr uzatkich orqali ulanmasligi va bitta elektr manbaidan bir necha elektr uskunalar foydalanmasligi kerak;
  • konditsioner maxsus ishlangan, yerlantirilgan va soz holdagi elektr rozetkadan quvvatlanishi lozim;
  • konditsionerning elektr ta’minoti alohida kabel orqali umumiy elektr qutisidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi kerak;
  • konditsioner elektr simlari tashqi himoya qobiqlarining butligi, bir biriga payvandlash, oppressovka yoki maxsus zajimlar orqali ulanishi va himoya avtomatlariga  mahkamlanishi lozim.
Bunday talablar maishiy muzlatkichlarga ham taalluqli bo‘lib, imkon qadar o‘rnatilgan xonalar quyosh nuridan va havo haroratining issiq ta’siridan himoyalangan bo‘lishi, shunda sovitish tizimining ekstremal holatda tez tez ishga tushishi oldi olinadi va muzlatkichning xizmat muddati uzayadi.

Avvalroq Kogon shahrining “Gazchilar” qo‘rg‘onida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentda yonayotgan uydan ikki nafar fuqaro qutqarib olingani, Namanganda bir-biriga tutash xonadonlarda yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi