Daryo

Farg‘onada harakatlanib ketayotgan Orlando yonib ketdi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan

1 daqiqa o‘qish77 564 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg′ona viloyati FVB matbuot xizmati

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida harakatlanib ketayotgan Orlando avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Foto: Farg′ona viloyati FVB

Ma’lum qilinishicha, 12-iyun kuni soat 09:56 da tumanning “Yangibo‘ston” MFY hududida harakatlanib ketayotgan, 2014-yilda ishlab chiqarilgan Orlando rusumli avtomobilning texnik nosozligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘inga 10:14 da yetib borib, 10:15 da o‘rab olinib, 10:19 da o‘chirilgan. Yong‘in taxminan elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shu kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Captiva yonib ketgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar