Ahmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Respublika Vazirlar Kengashi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14-iyun kuni O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari Otabek Davletov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Abatbay Daniyarovlar ishtirok etgan majlisda u soha vakillariga tanishtirildi.
Ahmed Narimbetov ushbu tayinlovga qadar Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori lavozimida ishlab kelgan.
Bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 2020-yilning dekabridan buyon Rustem Reimov rahbarlik qilib kelgan.
Izoh (0)