• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jazolash bilan oilani saqlab qolib bo‘lmaydi”. Alisher Qodirov himoya orderi berilishiga qaramasdan, ayollarga tazyiq o‘tkazish davom etayotgani haqida

    14-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar dastlab “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildi. Bu haqda Quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ta’kidlanishicha, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlagan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi, ularga tazyiq o‘tkazayotgan yoki zo‘ravonlik sodir etayotgan shaxslarga nisbatan ta’sir o‘tkazish choralari qo‘llanishiga sabab bo‘ladigan himoya orderi berilishiga qaramasdan, bunday holatlar soni kamaymayapti.

    Misol uchun, 2020-yilda xotin-qizlarga 14 774 ta himoya orderi berilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 39 343 tani tashkil etgan. Himoya orderi talablarini bajarmaslik bo‘yicha esa 1 210 ta holat aniqlangan.

    Shu bois bunday holatlarning oldini olish maqsadida himoya orderi talablarini bajarmaslik holatlari bo‘yicha javobgarlikni yanada kuchaytirish zarurati yuzaga kelgan va ushbu qonun loyihasi tayyorlangan.

    Qonun loyihasida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazilishining oldini olish va ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206-1-moddasi sanksiyasida belgilangan jarima miqdorining oshirilishi nazarda tutilmoqda. Hozirda ushbu moddada nazarda tutilgan javobgarlik bo‘yicha aybdor BHMning 3 baravarigacha (900 ming so‘mgacha) jarimaga tortiladi.

    Fraksiya a’zosi Alisher Hamroyev qonun loyihasiga munosabat bildirib, jarimani oshirish bilan bunday holatlarni kamaytirib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, jarimadan butun oila budjeti zarar ko‘radi va bu oilaviy muhitni battar izdan chiqaradi. Shuning uchun ayoliga qo‘l ko‘taradigan erkaklarni jazolashning boshqa yo‘lini topish kerak.

    Qizg‘in muhokamalardan so‘ng fraksiya a’zolari qonun loyihasini konseptual jihatdan ma’qullagan.

    “Qadriyatlarimizda bu muammoga yechim bor. Oilada erkakning ham, ayolning ham mas’uliyati bor. Er-xotin oilada bir-birini hurmat qilsa, himoya orderiga zarurat ham qolmaydi. Jazolash bilan oilani saqlab qolib bo‘lmaydi”, — deydi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.

    Deputatlar yakdil fikrga kelgan: jarimaning oshirilishi muammoga yechim emas, ikkinchi o‘qishda jarima miqdori bo‘yicha takliflar bildiriladi.

    Unga ko‘ra, himoya orderi talablarini bajarmaslik uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdordagi jarimani – besh baravaridan o‘n baravarigacha etib belgilash taklif qilinmoqda.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni mas’ul xodimi Behzod Sultonovga ko‘ra, himoya orderi talablarini bajarmaslik uchun belgilangan jarimani – besh baravardan o‘n baravarigacha (3 million so‘mgacha) etib belgilash taklif qilinmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingan. Hujjatga asosan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi berish tartibi tasdiqlangan. Shuningdek, xotin-qizlarga gap otganlarni javobgarlikka tortish taklif qilingan edi 

    Mavzuga doir: “Zo‘ravon erkaklar bilan shug‘ullanish talab darajasida emas” — Tanzila Norboyeva tazyiqqa uchrayotgan ayollar haqida fikr bildirdi

    14.06.2022, 17:18   Izoh (0)   5509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sovg‘alar va 3 mln so‘m o‘ynaladigan tanlov o‘tkazilayotgani haqidagi xabar yolg‘on — Uzbekistan Airways

    14.06.2022, 17:06

    Qoraqalpog‘iston XTVga yangi rahbar tayinlandi

    14.06.2022, 16:56

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun pastladi

    14.06.2022, 16:20

    Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolarini rasmiy ro‘yxatga olish jarayoni bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olindi

    14.06.2022, 15:49

    Namangandagi suv ombori to‘g‘oni ostidan suv sizib chiqqani aniqlandi

    14.06.2022, 15:30

    Toshkentda o‘tkazilgan futbol o‘yinida stadionga tosh otganlarning 16 nafari qamaldi

    14.06.2022, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.