Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 12-iyun kuni Captiva mashinasida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 12:31 da Amirsoy oromgohi yo‘lida sodir bo‘lgan. 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:51 da qurshab olingan. Soat 13:05 da holat to‘liq bartaraf etilgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Avvalroq Samarqandda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketgani, Toshkentdan Nukusga harakatlanib ketayotgan avtobus yonib ketgani, Namanganda Orlandoda yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)