Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya hukumati xalqaro maydondagi vaziyat tufayli yaqin besh yil ichida mamlakatning harbiy imkoniyatlarini keskin oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri “Shangri-La” muloqoti nomini olgan xavfsizlik bo‘yicha Osiyo sammitida ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Interfaks”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Kisida xavfsizlik sohasidagi vaziyat tobora keskinlashib borayotganini qayd etdi, Yaponiya keyingi besh yil ichida harbiy imkoniyalatlarini oshiradi, biroq betaraflik pozitsiyasini ham saqlab turadi”, – deya xabar qilgan Kyodo.

Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri mazkur harakatlar uchun mamlakatning mudofaa sarf-xarajatlarini jiddiy oshirish talab etilishi va hukumat milliy xavfsizlik strategiyasiga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirganini ta’kidlagan.

Kisida Yaponiyaning Osiyodagi geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirishga bir tomonlama urinishlarga qarshi turishi haqida va’da bergan. Tokio mintaqa mamlakatlariga uch yil ichida 2 milliard dollar ajratadi va bu orqali ular dengiz himoyasi, dengizdagi transportni yaxshilab olishi mumkin. Kisida Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani hududi mamlakatlari mintaqada “ozodlik va ochiqlikni” ta’minlashda muhim o‘rin tutishiga urg‘u qaratgan.

May boshida Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan uchrashuvda Tokioning harbiy potensialini yaxshilashni rejalashtirayotganini aytgandi.

Yaponiya OAV mamlakatning 2022-yil oxirigacha milliy xavfsizlik strategiyasini yangilashni reja qilgani haqida xabarlar tarqatgan. Yaponiyadagi hukmron Liberal-demokratik partiya harbiy xarajatlarni sezilarli darajada oshirib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1 foizidan 2 foiziga oshirishni taklif qilgan, bu orqali harbiy nizo kelib chiqadigan bo‘lsa, dushman hududiga raketalar bilan zarba berish imkoniyati oshishini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?