• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zini jahonga tanitgan “Borussiya” bilan xayrlashgan Holand, “Yuventus”dan ho‘ngrab ketayotgan Dibala va “Bavariya”da zerikkan Levandovski. Jahon futbolida xayrlashuv paradi

    Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari o‘z yakuniga yetdi. Aksariyat jamoalar ta’tilga chiqishga ham ulgurdi. Chempionatlar yakunlangach, bir qator yulduz futbolchilar o‘z jamoalari bilan xayrlashdi yoki umuman katta sportdagi faoliyatini tugatdi. Ular orasida Paulo Dibala, Anxel di Mariya, Erling Holand, Luis Suares kabi nomlarni uchratish mumkin. Quyida top-5 ligalardagi xayrlashuvlar bir sahifaga jamlandi.

    Luis Suares va Ektor Errera

    “Atletiko M” mavsum yakunlariga ko‘ra Luis Suares (u Madridda 2020-yildan beri o‘ynab kelayotgandi, “Barselona”dan quvilganidan keyin “matraschi”ga aylangandi) va Ektor Errera (2019-yildan beri) bilan xayrlashdi. Va bu jarayonda hech kim o‘z his-tuyg‘ularini yashirib o‘tirmadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Meksikalik va urugvaylik futbolchilar o‘z nutqlari bilan chiqish qildi, ular uchun (sobiq) jamoadoshlari faxriy yo‘lakcha tashkil qildi, muxlislar esa bularning barchasini chiroyli qo‘shiqlar bilan kuzatib bordi.

    Butun faoliyatini “Vest Hem”ga bag‘ishlagan janob “Vest Hem” — Mark Nobl

    Angliya Premyer Ligasidagi asosiy xayrlashuv “Vest Hem” ramzi bo‘lgan Mark Nobl uchun tashkil qilindi. Nobl 18,5 yil umrini “Vest Hem”ga bag‘ishlagan — 548 o‘yin, 62 gol va 61 golli uzatma.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    U uchun so‘nggi o‘yinda o‘ziga qo‘shilib, butun stadion yig‘ladi.

    “Napoli” bilan xayrlashgan Lorenso Insinye

    “Napoli” A Seriyaning so‘nggi turida “Jenoa”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va bronza medalini kafolatladi. Ammo o‘yin natijasi ikkinchi darajali edi, boisi barcha fokus Lorenso Insinyega qaratilgandi, yarim himoyachi qadrdon jamoasi bilan iliq xayrlashdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Insinye “Napoli” safida 433 ta o‘yin o‘tkazgan — 122 ta gol va 95 ta golli uzatma. Neapol afsonasi endi “Toronto”da (MLS) futboldan zavqlanishda davom etadi.

    “Ayaks”ni “Manchester Yunayted”ga almashtirgan Erik Ten Hag

    “Ayaks” muddatidan avval chempionlik masalasini hal qilgandi. Bu Erik uchun uchinchi, Amsterdam klubi uchun esa o‘ttiz oltinchi (36) chempionlik bo‘ldi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mutaxassis so‘nggi turdan o‘rin olgan “Vitess”ga qarshi bahsda (2:2) jamoa bilan xayrlashdi. Biroq niderlandiyalik uzoq vaqt bayram qilib o‘tirmadi, ertasi kuniyoq “Yunayted” muammolarini hal qilish uchun Manchesterga yo‘l oldi.

    Jahon futbolining yangi yulduzi Holand o‘zini elga tanitgan “Borussiya D” bilan xayrlashdi

    Xayrlashuv ro‘yxatining asosiy qahramonlaridan biri Erling Holand bo‘ldi. Norvegiyalik futbolchi o‘yin boshlanishidan avval muxlislar qarshisiga bordi, tomonlar qarsaklar orqali bir-biriga minnatdorchilik bildirdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Holand 90-daqiqadan so‘ng almashtirildi, tribuna uni yana olqishlar bilan zaxira o‘rindig‘iga kuzatib qo‘ydi. Erling Dortmundni 89 o‘yinda 86 ta gol urgan holda aql bovar qilmas darajadagi zo‘r statistika bilan tark etmoqda. “Arilar” muxlislari yaqin orada uni unutmasligi aniq.

    “Bavariya”da zerikkan Robert Levandovski

    Robert Levandovski ham Bundesliganing so‘nggi turida “Bavariya”dan ketishiga shama qildi. “Bu ‘Bavariya’ libosidagi so‘nggi o‘yinim bo‘lishi mumkin”, — dedi polshalik “Volfsburg”ga qarshi o‘yindan keyin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bundesliganing so‘nggi turidan bir kun oldin Hasan Salihamijich Levandovskining ketish niyatida ekanligini tasdiqlagandi: “U shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifimizni qabul qilmasligini va klubni tark etishni xohlayotganini aytdi. U yangi narsalarni istayotganini aytdi”.

    O‘ynamay “Manchester Yunayted”dan ketayotgan Mata va Matich

    May oyida “Old Trafford” ham bir qancha futbolchilar bilan xayrlashdi. “Brentford”ga qarshi o‘yinning (3:0) ikkinchi bo‘limida Ral Rangnik Xuan Mata va Nemanya Matichni maydonga tushirib, muxlislarga ketayotgan futbolchilarga minnatdorchilik bildirish imkoniyatini berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Yuventus”dan ho‘ngrab ketayotgan Dibala

    Mavsumning asosiy xayrlashishlaridan biri, shubhasiz, Paulo Dibala va “Yuventus” yo‘llarining ayro tushishidir. Dibala so‘nggi yillarda tom ma’noda “Yuventus” ramziga aylangandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Dibala Turinda 7 yilini o‘tkazdi — 12 ta sovrin va 115 ta gol.

    “Yuventus”ni tabassum bilan tark etgan “dinozavr” Kyellini

    Jorjo Kyellini ham “keksa sinyora” bilan xayrlashdi. Ming yillardan beri “Yuventus”da o‘ynab kelayotgandek tuyuladigan “dinozavr” “Latsio”ga qarshi uchrashuvda (2:2) jamoa safidagi oxirgi uchrashuvini o‘tkazdi. 37 yoshli italiyalik chiroyli ketdi: na ko‘z yosh va na qayg‘u, shunchaki katta va yorqin tabassum.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “PSJ” voz kechgan di Mariya

    34 yoshli Anxel di Mariya “PSJ” safidagi so‘nggi o‘yinini ko‘z yoshlarisiz o‘tkaz(ol)madi. “Mets”ga qarshi o‘yindagi gol esa hissiyotlarni yanada kuchaytirib berdi. Anxel Parijda yetti yil davomida harakat qildi va, ehtimol, bundan keyin ham o‘ynagan bo‘lardi. Biroq “PSJ” uning xizmatlaridan voz kechgani aytilmoqda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Le Parisien xabariga ko‘ra, qishda fransuz klubi 34 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga og‘zaki kelishib olgan. Biroq keyin jamoa rahbariyati o‘z fikrini o‘zgartirgan — di Mariyaga yangi kelishuv taklif qilinmagan.

    Bir mavsumgina “Barselona”da o‘ynagan Lyuk de Yong

    “Barselona”ning o‘tgan mavsumdagi yashirin qurollaridan biri bo‘lgan Lyuk de Yong Kataloniya klubini tark etadi. Butun ijara muddati davomida Lyuk jamoadan ketishni istamasligini va klubga foyda keltirmoqchi ekanligini ta’kidlab keldi. Biroq rahbariyatning rejalari boshqacha bo‘lib chiqdi. Niderlandga atigi bir mavsumgina “ko‘k-anorrangli” bo‘lish nasib etdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ketishini chempionlik bilan nishonlagan Fernandinyo

    “Manchester Siti” navbatdagi haykalni qo‘yaversa ham bo‘ladi. Boisi jamoa “shaharliklar” uchun Serxio Aguerodan kam bo‘lmagan darajada muhim Fernandinyo bilan xayrlashdi. Braziliyalik yarim himoyachi o‘zi rejalashtirganidek, Premyer Liga g‘olibi sifatida “Siti”dan ketdi. 37 yoshli futbolchi 2013-yildan beri “shaharlik” edi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Real”dan ketayotgan katta nomlar

    Mavsum yakunlariga ko‘ra “Real” bilan bir-yo‘la uch nafar katta futbolchi xayrlashadigan bo‘ldi — Marselo, Garet Beyl va Isko. So‘nggi yillarda har uchala futbolchi ham asosiy tarkibdagi o‘rnidan to‘laligicha mahrum bo‘lgandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Isko va Marselo garchi ketishni istamasligini yashirib o‘tirmagan bo‘lsa ham, jamoa bilan iliq kayfiyatda xayrlashmoqda. Ammo Beyl haqida bunday deyish biroz mushkul. Uelslik jarohatlari va ishga bo‘lgan munosabati bilan Zinedin Zidan davridayoq turli xil nizolarga borgandi. Hatto orada “Tottenhem”ga ijaraga ham borib keldi.

    Zaxirada o‘tirib, yaxshigina maosh olgan har uchala azamat endilikda erkin agentga aylandi. Beyl va Isko 2013, Marselo 2007-yildan beri “qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelayotgandi, u bungacha “Fluminense”da bir yilgina o‘ynagandi. Xullas, butun boshli epoxa ketmoqda.

    Pol Pogba endi “qizil iblis” emas

    Pol Pogba “Manchester Yunayted”ni erkin agent sifatida tark etadi. “Yunayted” fransiyalik futbolchini 2016-yilda 105 million yevro evaziga “Yuventus”dan xarid qilgan edi. Ungacha Pogba 2009—2012-yillar klub tizimida faoliyat yuritgan va erkin agent maqomida Turinga yo‘l olgandi.

    29 yoshli yarim himoyachi katta ehtimol bilan yana “keksa sinyora” safiga borib qo‘shiladi, yana erkin agent sifatida.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Shuningdek, “qizillar” Jessi Lingard bilan xayrlashdi. Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilinmadi.

    10.06.2022, 23:50   Izoh (0)   27315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bavariya” Robert Levandovski o‘rniga “Tottenhem” yetakchisini olib kelmoqchi

    10.06.2022, 21:05

    Oleksandr Usik va Entoni Joshua o‘rtasidagi revansh jangi boshqa kunga ko‘chirildi

    10.06.2022, 20:04

    Zinedin Zidan “PSJ” bilan kelishuvga erishdi. Parijliklar murabbiyning barcha shartlarini bajardi

    10.06.2022, 19:02

    Bahodir Jalolov 11-iyun tongida professional boksdagi 11-jangini o‘tkazadi

    10.06.2022, 18:06

    PFA talqiniga ko‘ra Premyer Liganing 2021/22-yilgi mavsum ramziy jamoasi aniqlandi

    10.06.2022, 17:03

    Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi

    10.06.2022, 16:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.