• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Zubochistka”si yo‘q O‘zbekiston, Toshkentdan Qo‘qon va Bekobodga aviareyslar, Farg‘onaning Ozodlik maydonida 1989-yil shahidlari uchun Karimov nomidan yodgorlik. O‘zbek matbuoti 9-iyunda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    90 yil avval. 1932-yil 9-iyun, payshanba

    O‘zbekiston hukumati bundan 90 yil avval uzoq joylarda ishlovchilar uchun ayrim qulayliklar joriy etgan: mehnat ta‘tili bir yarim oy, ish boshlagach, olti oydan so‘ng maoshi 10 foizga oshiriladi, ularga kvartiralar beriladi. Kvartira yo‘q bo‘lsa, u holda oylik yana 10 foizga oshiriladi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    Toshkentda aeroport qurish harakati boshlangan (oradan 30 yil o‘tib, shahardagi aeroportlar soniga ikkita bo‘ladi):

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    Fashistlar tomonidan boshqarilayotgan Italiyada ish haqi ommaviy ravishda kamaytirilmoqda:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    Germaniyada esa aholi hukumatni fashistlar egallab olishiga qarshi “Siz mehnatkash xalqning rahbarlari emas, balki go‘rkovlarisiz” kabi shiorlar ostida namoyishlar o‘tkazmoqda:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 9-iyun sonidan lavha

    60 yil avval. 1962-yil 9-iyun, shanba

    Senegal bosh vaziri Mamadu Dia boshliq delegatsiya Toshkentdan Bokuga uchib ketgan:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasida berilgan “Yana bir havo darvozasi” xabaridan iqtibos: “Keyingi paytlarda havo transportining rivojlanishi uzoqni yaqin qiladigan samolyotlarning xizmatidan foydalanuvchilarning tobora ko‘payib borishi natijasida Toshkent aeroporti biroz torli qilib qoldi. Shu sababli Toshkent yaqinida — Sergeli posyolkasi yonida yangi havo darvozasi — ikkinchi Toshkent aeroporti ochildi... Bu yerda respublikamizdagi barcha mahalliy havo liniyalariga — Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon, Samarqand, Buxoro, Namangan, Bekobod va boshqa shaharlarga, qardosh Tojikiston SSRning Leninobod, Qozog‘iston SSRning Chimkent, Chordara shaharlariga — hammasi bo‘lib 31 marshrut bo‘yicha samolyotlar qatnaydi. Ancha yaqin marshrutlar — Toshkent oblastidagi ‘Dalvarzin‘ sovxozi, Oqqo‘rg‘on, Guliston va boshqa rayonlarga borishni istagan kishilar ham samolyotlar xizmatidan foydalanishlari mumkin”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 9-iyun sonidan lavha

    Ishonish qiyin, lekin fakt: Toshkentda ulkan samolyotlar va o‘z davri uchun yetuk hisoblangan traktorlar ishlab chiqarilgani holda, butun O‘zbekistonda oddiy tish kovlagich (“zubochistka”) yo‘q. Xorazmlik mushtariylar yozyapti: “Ko‘pincha qariyalar Moskva, Leningrad va boshqa markaziy shaharlarga boradigan kishilarga tish tozalagich ola keling, deyishadi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 9-iyun sonidan lavha

    30 yil avval. 1992-yil 9-iyun, seshanba

    Farg‘ona shahrida O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod, Tojikistonning Xo‘jand viloyatlari hokimlari uchrashib, “Farg‘ona vodiysidagi viloyatlar rahbarlari uchrashuv ahdnomasi”ni imzolagan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    Mart—aprel oylarida butun O‘zbekistonni hayajonda ushlab turgan Namangandagi Mingbuloq neft koni — tamom. Lekin konni o‘zlashtirishga jalb qilinganlar hali ham umidvor:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    O‘zbekiston bosh vaziri Abdulhoshim Mutalov hukumat til komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazgan. Shu tadbir haqidagi axborotdan bir iqtibos: “Qaror va farmoyishlar joylarga hamon rus tilida yuborilayotir. Masalan, o‘tgan to‘rt oy mobaynida Farg‘ona viloyati hokimligiga rus tilida 218 ta xat va ko‘rsatma jo‘natilgan. Shundan 197 tasi Vazirlar Mahkamasidan yuborilganini qanday izohlash mumkin?”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    Farg‘ona shahridagi Ozodlik maydonida 1989-yilgi Farg‘ona voqealari vaqtida halok bo‘lgan aholi xotirasi uchun “Prezident Islom Karimov nomidan yodgorlik lavhasi o‘rnatilgan”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    1992-yilgi ahvolni tasavvur qilish uchun “Xalq so‘zi” gazetasidan bir xabar: “Xomashyo taqchilligi tufayli zarur dori-darmonlar rayonlarga yetib kelmayapti. Shu bois, Qo‘shrabot markaziy shifoxonasi va rayon mutaxassislari maslahatlashib, dorilar o‘rnini bosadigan giyohlardan foydalanishni lozim topishdi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    Ayni vaqtda, bir guruh faollar Toshkent markazidagi Karl Marks monumenti o‘rniga Amir Temur haykalini o‘rnatishni taklif qilmoqda (qayta-qayta), tashabbuskorlar bunga pulni qayerdan olish mumkinligini ham biladi.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    To‘rtko‘lda qiziq voqea: buqa uni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan o‘g‘rini jarohatlab, uning qo‘lga olinishiga yordam bergan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 9-iyun sonidan lavha

    Dunyoda nima gap? O‘zini mustaqil deb e‘lon qilgan Checheniston Rossiya qo‘shinlarini o‘z hududidan tashqariga chiqarib tashlagan.

    Mavzuga doir:

    • Talabalar shaharchasida isyondan keyingi birinchi bayram, narxi bir yilda ikki baravar o‘sgan kartoshka, Toshkentda o‘quvchi-bolalar mehnat birjasi. O‘zbek matbuoti 8-iyunda nimalar haqida yozgan?
    • SSSRda hamma narsani kim hal qilishini aytgan Stalin, kirish imtihonlarining 60 yil avvalgi shartlari, “qoqlash va tuzlash bilan hamma shug‘ullanishi kerak”. O‘zbek matbuoti 6-iyunda nimalar haqida yozgan?
    • Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Kozim To‘laganov, “yozuvni o‘zgartiramiz deb arosatda qolmaylik”, “nega Amerikada to‘kin-sochinlig-u, bizda defitsit?”. O‘zbek matbuoti 5-iyunda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e‘lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    09.06.2022, 07:30   Izoh (0)   48628
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.