• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    SSSRda hamma narsani kim hal qilishini aytgan Stalin, kirish imtihonlarining 60 yil avvalgi shartlari, “qoqlash va tuzlash bilan hamma shug‘ullanishi kerak”. O‘zbek matbuoti 6-iyunda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    1992-yilda O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov tavalludiga 90 yil to‘lgan, shu munosabat bilan markaziy gazetalarda rassom haqida ko‘plab materiallar berilgan. Xalq so‘zi gazetasining 1992-yil 6-iyun sonida bosilgan shunday materiallarning biriga ilova qilingan va rassom mo‘yqalamiga mansub “Shukur Burhonovning Shoh Edip rolidagi portreti”.

    1992-yilda O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov tavalludiga 90 yil to‘lgan, shu munosabat bilan markaziy gazetalarda rassom haqida ko‘plab materiallar berilgan. Xalq so‘zi gazetasining 1992-yil 6-iyun sonida bosilgan shunday materiallarning biriga ilova qilingan va rassom mo‘yqalamiga mansub “Shukur Burhonovning Shoh Edip rolidagi portreti”.
    Foto: “Xalq so‘zi” gazetasi

    90 yil avval. 1932-yil 6-iyun, dushanba

    “Yaqin o‘rtalarda meva hosili (o‘rik va boshqalar) ham sabzavot yig‘ila boshlashi munosabati bilan”, Butunittifoq kommunistik partiyasi (BKP) O‘rta Osiyo byurosi barcha korxona va tashkilotlarga hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olishni taklif qilgan. “Mevalarni kuz va qish uchun tayyorlash, qoqlash va tuzlashni kengaytirish zarur. Har bir ishchi va xizmatchining oilasi bu ish bilan shug‘ullanmog‘i lozim”, — deyiladi BKP qarorida.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 6-iyun sonidan lavha

    Germaniyalik yozuvchi Emil Lyudvig 1931-yil 13-dekabrida SSSR yetakchisi Iosif Stalindan intervyu olgan — bu Stalinning chet elliklarga bergan ilk katta intervyusi bo‘lgan. “Yosh leninchi”ning 1932-yil 6-iyun sonida shu intervyuning tarjimasi bosilgan (to‘liq emas). Stalinning so‘zlaridan bir parcha: “Siz hozirgina mendan xabar oluvdingiz: bizda hamma narsani bir kishi hal qiladirmi? Bizning ishchilarimiz hech qachon qanday sharoitda hozir bir shaxsning hokimiyatiga chidaya olmas edilar. Eng ulug‘ nufuzli kishilar ham ishchilar ommasining ishonchini yo‘qotganidan keyin, ishchilar ommasi bilan aloqani yo‘qotganidan keyin, hech darajasiga tushib ketadilar. Plexanov juda mustasno nufuzga ega edi. Nima bo‘ldi? Qachonki u siyosiy jihatdan oqsay boshladi, ishchilar uni unutdilar, undan uzoqlashdilar va uni esdan chiqardilar. Boshqa bir misol: Troskiy. Troskiy ham Plexanov qadarli bo‘lmasa ham, katta nufuzga ega edi. Nima bo‘ldi? Qachonkim u ishchilardan uzoqlashdi, uni unutdilar”.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 6-iyun sonidan lavha

    Toshkent va shu kabi ba’zi katta shaharlarda badantarbiya masalasi bir qadar tuzuk bo‘lsa-da, “Yosh leninchi”ning yozishicha, “uzoq-uzoq rayonlar bu yo‘lda ochiqdan-ochiq opportunizm kayfiyatiga botganlar”. “G‘ijduvon, Eski Buxoro, Jarqo‘rg‘on, Pattakesar, Oyim, Quyi Chirchiq va shunga o‘xshash bir qator rayonlarda badan tarbiya ishining qaysi sistemada qo‘yilishi, bu yo‘lda komsomol tashkilotining roli mutlaqo ma’lum emas. Ba’zi komsomol tashkilotlar sog‘lom badan uchun kurash shiori ostida badan tarbiya ishini jonlantirish, bu yo‘ldagi 9-qurultoy qarorlarini to‘liq bajarish sohalarida ko‘zga ko‘rinarli konkret ishga ega emaslar”, — deyiladi “Sog‘lom tanda — sog‘lom aql” materialida.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 6-iyun sonidan lavha

    60 yil avval. 1962-yil 6-iyun, chorshanba

    Sovet Ittifoqida tashrif bilan bo‘lib turgan Senegal bosh vaziri Mamadu Dia O‘zbekistonga kelmoqda (avvalroq Mali prezidenti kelib ketgandi). “Barcha sovet kishilari kabi O‘zbekiston mehnatkashlari ham afrikalik aziz mehmon — Senegal hukumatining boshlig‘i Mamadu Diani ochiq ko‘ngil bilan kutib oladilar va bu vizit Sovet—Senegal munosabatlari ravnaqiga xizmat qilishiga ishonadilar”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston”dagi tanishtiruv materialida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 6-iyun sonidan lavha

    1962-yili abituriyentlarning oliy o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari qanday bo‘lgan? Quyida — deyarli barcha savollarga javob:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 6-iyun sonidan lavha

    30 yil avval. 1992-yil 6-iyun, shanba

    Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif O‘zbekistonga kelmoqda (qizig‘i, u oradan 23 yil o‘tib, yana Pokiston bosh vaziri sifatida O‘zbekistonga keladi).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 6-iyun sonidan lavha

    Toshkentda yangi tashkil etilgan “Ekosan” xayriya jamg‘armasining taqdimoti bo‘lib o‘tgan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 6-iyun sonidan lavha

    Yana til masalasi (qizig‘i, bu materialda tilga olingan ayrim masalalar oradan 30 yil o‘tsa hamki dolzarb).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 6-iyun sonidan lavha

    Suratda — Termiz hayvonot bog‘idagi zebralar. Hozir bunaqa manzarani Toshkent hayvonot bog‘ida ham ko‘rmaysiz (ehtimol, shaharlarda bunday manzara bo‘lishi kerak ham emasdir — barcha jonivorlar o‘z tabiiy muhitida yashagani ma’quldir).

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 6-iyun sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Kozim To‘laganov, “yozuvni o‘zgartiramiz deb arosatda qolmaylik”, “nega Amerikada to‘kin-sochinlig-u, bizda defitsit?”. O‘zbek matbuoti 5-iyunda nimalar haqida yozgan?
    • Mustaqil O‘zbekistonda ommaviy qabrga kafansiz ko‘milganlar, behayo filmlarga qarshi toshkentliklar, paxta ekish planini bajarib bo‘lgan Ukraina. O‘zbek matbuoti 4-iyunda nimalar haqida yozgan?
    • “Shu qiyin kunlarda rossiyaliklarga mardlik” tilagan Islom Karimov, lotinlashtirish talabini bajarmayotgan O‘rta Chirchiqdagi idora, Qrim masalasini tinch yo‘l bilan hal qilolgan Ukraina. O‘zbek matbuoti 3-iyunda nimalar haqida yozgan?
     

    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    06.06.2022, 07:30   Izoh (0)   31105
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.