• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    TBC Ornaments va Polya Pokatayeva: brendni boshqarishda individual yondashuv

    TBC Bank’ning O‘zbekiston ornamentlariga qanday bog‘liqligi bor? Ushbu savol TBC Ornaments loyihasi haqida eshitgan har bir kishining xayoliga keladi. Gap shundaki, TBC Bank’ning maqsadi faqat onlayn-banking xizmatlarini taqdim etish emas, balki san’at, musiqa, kulinariya, innovatsion texnologiyalar, moda va arxitektura kabi mamlakatning madaniy sohalarini ham qo‘llab-quvvatlashdir. Gruziyada muvaffaqiyatli amalga oshirilgan “Ornamentlar” loyihasini O‘zbekistonda ham joriy qilmaslikning iloji yo‘q edi, chunki bu yerda ornamentlar har qadamda uchraydi. Ushbu loyiha, bank faoliyati, viloyatlarga safar va shaxsiy uslubni ishlab chiqish haqida TBC Ornaments illyustratori Polya Pokatayeva so‘z yuritadi.

    Tarixga nazar

    Keling, hammasini bir boshidan boshlaymiz. TBC Ornaments – TBC Bank Uzbekistan kompaniyasining ijtimoiy loyihasi. Loyihaning maqsadi — O‘zbekistondagi amaliy san’at va xalq ijodiga tegishli raqamli ornamentlarning to‘laqonli digital kataloglarini yaratish va ulardan bo‘lajak mahsulotlar, loyihalar, imijlar brendini yuritish uchun foydalanish imkonini barchaga taqdim etish.

    Mazkur loyiha 2021-yilning bahorida ommaga e’lon qilingan edi. Aprel oyida Toshkent—Samarqand—Urgut—Nurota—Buxoro—G‘ijduvon yo‘nalishi bo‘ylab o‘zbek to‘qimachiligiga bag‘ishlangan ilk ekspeditsiya o‘tkazildi. Sayohat davomida ekspeditsiya ishtirokchilari muzeylar va hunarmandchilik markazlariga borib, yuzdan ortiq ornamentlarni tasvirga olishdi. So‘ng har bir ornamentni raqamli formatga o‘tkazish, ularning tavsiflarini tayyorlash va milliy naqshlar bazasini yig‘ish uchun platforma yaratish bo‘yicha ishlar boshlandi.

    18-noyabr kuni www.tbc-ornaments.uz digital platformasi ishga tushdi. 2021-yilning dekabrida Farg‘ona vodiysi bo‘ylab o‘zbek keramikasiga bag‘ishlangan ikkinchi ekspeditsiya bo‘lib o‘tdi. Ishchi guruh Namangan, Rishton, Marg‘ilon hamda Farg‘ona shaharlariga yo‘l oldi.

    Ayni vaqtga kelib, platformada O‘zbekistonning turli burchaklaridan 200 ga yaqin ornamentlar to‘plangan. Uchinchi ekspeditsiya Qashqadaryo bo‘ylab uyushtirilishi rejalashtirilmoqda.

    Loyiha ishga tushgan vaqtdan boshlab, uni Uztelecom, Testo, B&B va Chaykof kabi O‘zbekiston bozoridagi yirik “o‘yinchilar” qo‘llab-quvvatladi. Ushbu brendlar birinchilardan bo‘lib o‘z qadoqlari va reklama kampaniyalari dizaynida raqamlashtirilgan ornamentlardan foydalandi.

    TBC Ornaments viloyatlarda

    Keyingi qadam loyihaning viloyatlarga chiqishi bo‘ldi. Asosiy maqsad, 12 ta hududni ularning har biriga xos bo‘lgan naqshlar va turli xil personajlar orqali namoyish etish edi. TBC Bank’ning joylardagi har bir shourumi uchun alohida dizayn, shuningdek, merchandayzing paketi ishlab chiqildi.

    Birinchi navbatda, matoli ornamentdan, shuningdek, arxitektura, yog‘och o‘ymakorligi, keramika va tanga zarb qilishda qo‘llaniladigan qadimgi o‘zbek naqshlari xilma-xilligidan foydalanildi. Loyihani amalga oshirishga 10 yildan beri illyustratsiyalar yaratish va ularning dizayni ustida ishlash bilan shug‘ullanib kelayotgan Polya Pokatayeva jalb etildi. Ushbu illyustrator faoliyati davomida o‘zining ommaga tanilib ulgurgan uslubini shakllantirishga erishgan (Pokatayevaning ishlari bilan uning pollyroark Instagram sahifasida tanishib chiqishingiz mumkin).

    Polya, siz uchun TBC Ornaments — bu nima?

    Ushbu loyiha men uchun, eng avvalo, yangilikka aylandi. Chunki, birinchidan, bank ijtimoiy-madaniy faoliyat bilan shug‘ullanish noodatiy va ajoyib. Men TBC Bank brendi qanday barpo etilganidan taajjubdaman, uning ortida o‘zining qadriyatlari, dunyoqarashi va qiziqishlariga ega haqiqiy insonlar turganini his qilish mumkin.

    Ikkinchidan, bu loyihaga tayyorlanishim va uning ustida ishlashim davomida o‘qigan, ko‘rgan va to‘plagan qiziqarli ma’lumotlarning ko‘pligi. Viloyatlar keng qamrovli va bepoyon, shu bilan birga g‘oyat qiziqarli mavzu. Ko‘pincha agar biror-bir g‘aroyib narsa sening yoningda bo‘lsa, bu sen uchun oddiy holga aylanib qoladi. Loyiha sababli men bizning madaniy merosimizga boshqacha nazar bilan qaray boshladim.

    Yon-atrofdan go‘zallikni izlab topish va ko‘ra olish juda muhim. Xuddi rassom Savitskiy axlat uyumlari orasidan ajoyib milliy liboslar va bezaklarni topib, taajjublanarli kartinalar yaratganidek.

    Men uchun O‘zbekiston — bu insonlar va ular yaratgan narsalar.

    Har bir viloyat uchun dizaynlarni qanday yaratgansiz va ular qanday ma’noni ifodalaydi?

    Yuqorida aytib o‘tganimdek, asosiy vazifa har bir hududni uning o‘ziga xos ornamentidan foydalangan holda arxetiplar orqali ifodalash edi. Buni har bir personaj kasb, faoliyat turi, arxitektura yordamida amalga oshirgan seriyalarni tayyorlamoqchi edim.

    O‘zbekiston kengliklari bo‘ylab madaniy sayohat quyidagicha ko‘rinish oldi:

    • Farg‘ona viloyati — O‘rta Osiyoning asosiy “kulolchilik ustaxonasi”. Asosiy personaj — kulolchi, Rishton sopol idishlarini eslatadi, orqa fonda Madina Qosimboyevaning anorlari aks etgan so‘zana.
    • Buxoro viloyati  — raqqosa, zardo‘zli, yengsiz ko‘ylakda ijro etiladigan mashhur Buxoro raqsi timsoli. Orqa planda  — Ark qal’asi.
    • Samarqand viloyati  — bu, birinchi navbatda, me’morchilik, moviy-havorang tuslar. Bu yerda biz Usto Mo‘minning “Dutorchi bola” asaridan ilhom olingan musiqachi — dutorchini ko‘rsatdik. Musiqachining egnida yarim ipak matodan tikilgan beqasam, orqa fonda — Sherdor madrasasi.
    • Navoiy viloyati — Nurota kashtachilik maktabi, naqsh — anor daraxti, fonda —  “Chashma” me’morchilik majmuasi.
    • Qashqadaryo viloyati – gilam to‘qish, taroqgul naqshi (taroq naqshi), orqa fonda – Ko‘k gumbaz masjidi (Shahrisabz).
    • Namangan viloyati —  Chust, pichoqlar, uzumchilik, sabzavotchilik. Naqsh —  chorgul, bosilgan ornament.
    • Andijon viloyati — dorbozlik, etikdagi an’anaviy ornament va ko‘ylakdagi o‘simlik ornamenti.
    • Jizzax viloyati —  oshpaz, Jizzax somsasi, tandir, naqsh — rozetka.
    • Sirdaryo viloyati — polizchilik, atlas kiyim.
    • Surxondaryo viloyati — do‘ppilar va ulardagi kashta. Erkaklar do‘ppisida to‘rtta qalampir bo‘ladi, ayollarniki esa o‘simlik ornamenti bor, dumaloq shaklda, zanjir kashtali yoki Boysunniki bo‘ladi. O‘n ikkita do‘ppi o‘n ikkita viloyatni ramz qiladi.
    • Xorazm viloyati — qo‘g‘irchoq san’ati, yog‘och o‘ymakorligi, fonda — bosilgan oranamenti bor mato.
    • Toshkent va Toshkent viloyati — qadimgi kasb-hunar va zamonaviy texnologiyalarning umumlashuvi, yangi ko‘rinishdagi madaniyat. Personaj — O'zbekiston Badiiy akademiyasining markaziy ko‘rgazma zali fonidagi suratchi yigit. Yengsiz ko‘ylakda Piskentning o‘simlik ornamenti.
    O‘z uslubingiz haqida gapirib bersangiz. U qanday va nimalarning ta’siri ostida shakllangan?

    Men hozirgi uslubimni shunchaki tasodifan tanlagan emasman. Uni tanlab bo‘lmasa ham kerak, bu xuddi birorta rassomning asariga qarab: “Menga yoqdi, olaman”, — deganday gap. Bizning uslubimiz — bizning o‘zimiz demak. Qanday eshitilishimiz, dunyoni qanday ko‘rishimiz va unda qay darajada o‘zimizni anglashimiz — bularning barchasida azaldan ma’lum bir uslub mavjud.

    Illyustratsiyamdagi mening hozirgi uslubim ayni payt mening qandayligimni ifoda etadi. Ushbu stil menga yoqqan narsalardan, mening hayotiy va vizual tajribamdan, mening kechinmalarimdan paydo bo‘lgan va men boshqa rassomlar, dizaynerlar, illyustratorlar, operatorlar va rejissyorlardan o‘zimga yoqqanini olaman, buni mutlaqo anglamayman.

    Ongli ravishda foydalanadiganlarim ham bor. Masalan, menga noodatiy rakurslar va proporsiyalar, minimalizm, qiziqarli shakl, mahalliy ranglar yoqadi. Shuningdek, oq listning bo‘sh maydonidan illyustratsiyaning rangsiz qismi sifatida foydalanishni yoqtiraman.

    Menga Anri Matiss va uning applikatsiyalari, O‘rol Tansiqboyevning ilk ishlari, ayniqsa, “Qizil ko‘z” va “Yo‘l” asarlari ilhom bag‘ishlaydi. Kitoblardagi bolalar illyustratorlaridan menga Viktoriya Semikina va Juliya Sarda yoqadi. Ushbu rassomlarning stili menikidan farq qilsada, men ulardan ko‘p narsani o‘rganaman. Shuningdek, men dizaynni xush ko‘raman va bu mening illyustratsiyalarimda o‘z aksini topadi.

    TBC Ornaments loyihasiga kelsak, ko‘zimni yayratib, meni ilhomlantirgan narsa — bolaligimda o‘zbek xalq ertaklarida uchratgan O‘rta Osiyo miniatyura va illyustratsiyalari. Miniatyuralardan men illyustratsiyalar atrofidagi ramkachalar, bulutlar shakli, rejalilik va istiqbolning yo‘qligidan foydalandim, ya’ni men o‘z uslubimni saqlab qolgan holda menga kerakli muhit va milliy koloritni yaratishga yordam bergan elementlarni qo‘shdim.

    Shuningdek, meni o‘z ishini sevadigan insonlar ilhomlantirdi. Men umumiy obrazlar va rakurslarni ko‘rsatish maqsadida ustalar va ularning ish jarayoni aks etgan foto va videomateriallarni o‘rganib chiqdim. Sezgan bo‘lsangiz, illyustratsiyalardagi barcha qahramonlarning ko‘zlari yopiq va yuzida tabassum, sababi — ular o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullanmoqda. Axir bu inson hayotidagi eng muhim narsalardan biri.

    TBC Bank O‘zbekiston ornamentlari dunyosi bo‘ylab sayohatini davom ettiradi. Siz esa bu sayohatni ijtimoiy tarmoqlardagi bankning rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz, shuningdek, ekspeditsiya natijalarini www.tbc-ornaments.uz platformasida ko‘rishingiz mumkin.

    Facebook: tbcuz

    Instagram: tbcbankuzbekistan

    Telegram: tbc_bank_uzb

    Reklama huquqi asosida.

    09.06.2022, 15:00   Izoh (0)   24102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bizning Uylar Development kompaniyasining yangi turar joy majmuasidan tayyor ta’mirlangan xonadonlarni xarid qiling

    09.06.2022, 09:00

    FIFA World Cup Trophy Tour: Jahon kubogi O‘zbekistonga olib kelindi

    08.06.2022, 18:00

    Tashkent Index’dan ajoyib yangilik: tayyor do‘konlarni bepul ijaraga oling

    08.06.2022, 15:00

    O‘zbekistonda 3 millioninchi Osten smart gaz hisoblagichi o‘rnatildi

    08.06.2022, 12:00

    Olmazor Business City turar joy majmuasidagi yerosti avtoturargohining afzalliklari

    08.06.2022, 09:00

    Orient Finans Bank va ITFC o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

    07.06.2022, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.