Islom taraqqiyot banki guruhining Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan 47 yillik uchrashuvida, Orient Finans Bank va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (Saudiya Arabistoni) rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 2—4-iyun kunlari Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan 47 yillik uchrashuvida Orient Finans Bank rahbariyati va Islom taraqqiyot banki guruhi a’zosi bo‘lgan Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) bosh direktori, janob Sunbul Xani o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samarali tarzda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida 24 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo‘yicha o‘zaro yakuniy shartlar imzolandi. Ushbu mablag‘lar kichik va o‘rta biznes loyihalarini , shu jumladan, ayol tadbirkorlik yo‘nalishlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi kutilmoqda. Ta’kidlash joizki, ikki tomonlama hamkorlik doirasida, 2020-yil davomida bank tomonidan umumiy qiymati 15 million AQSh dollari miqdorida 1 yil muddatga moliyalashtirish liniyasi jalb etilgan.
Uchrashuv yakunida ITFC bosh direktori Orient Finans Bank bilan o‘zaro hamkorlikni yuqori baholab, bu hamkorlikning uzoq muddatligiga va o‘zaro manfaatligiga katta ishonch bildirdi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)