Yozning boshlanishi taniqli sana — 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda tabiat ko‘p jihatdan insonning unga nisbatan munosabatiga — ongli va g‘amxo‘r bo‘lishiga bog‘liq. Boysunning tog‘ oldi zonasidagi yosh daraxtlar bu yerda ishlaydigan ERIELL Group kompaniyasi mutaxassislari tomonidan parvarish qilinayotgani ham buning dalilidir.
Erta bahorda Boysun ishlab chiqarishni ta’minlash bazasi hududida ERIELL Group kompaniyasi xodimlari O‘zbekiston Prezidentining mamlakatni ko‘kalamzorlashtirish muhimligi haqidagi murojaatini ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatladilar.
Bugungi kunda Boysun ITBning 2 gektar maydonida 2 ming 200 ga yaqin yosh, jumladan, olma, olxo‘ri, bodom va boshqa ko‘chatlar barglarini mayin shitirlatib, yam-yashilligi bilan ko‘zni quvontirmoqda. Bu shuni anglatadiki, biroz vaqt o‘tadi va avvalgi ko‘chatlar xushbo‘y mevalarni bera boshlaydi, soya beradi va ildizlari bilan tuproqni mustahkamlaydi. Odamlar esa ularning o‘sishiga va mustahkamlanishiga yordam berishadi. Axir sog‘lom muhit kelajak avlodlar uchun eng yaxshi tuhfadir.
Ko‘kalamzorlashtirish ERIELL kompaniyasining korporativ madaniyatining bir qismiga aylandi. Shunday qilib, o‘tgan yili kompaniya xodimlari poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” xiyoboniga 200 ta daraxt ekishdi. Shu bilan birga ko‘pchilik buni farzandlari bilan birgalikda amalga oshirib, ularga yaxshi ishlar namunasini ko‘rsatishdi.
Qarshi shahrida ERIELL kompaniyasi vakillari “Muruvvat” internat uyi tarbiyalanuvchilariga yoqimli va qulay bo‘lishi uchun uning hududida yapon soforasi ko‘chatlarini ekishdi va so‘nggi yillarda bunday misollarni ko‘plab sanab o‘tish mumkin.
Daraxtlarni sayyoraning “o‘pka”si deyishadi. Turli hududlarda faoliyat yurituvchi ERIELL Group kompaniyasi mutaxassislari ham sayyoramizning “nafas olishi”ni osonlashtirish uchun o‘z hissalarini qo‘shishga intiladi.
Shuni qo‘shimcha qilib aytamizki, ERIELL Group kompaniyasi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro sifat standartlariga rioya qiladi. Ekologiya — bu, avvalo, inson salomatligi, shuning uchun kompaniyalar guruhi tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘z xodimlari va ularning oilalari oldidagi ijtimoiy mas’uliyatning bir qismi deb hisoblaydilar.
ERIELL kompaniyasi mamlakatimizning turli viloyatlarida faoliyat yurita turib, aholi yashash hududlarining farovonligini oshirish, shuningdek, ularni obodonlashtirishga hissa qo‘shishga harakat qiladi. Shu bois ko‘pgina obyektlar hududi ko‘zni quvontiradi, ko‘chatlar ekilib, yashil zonalar yanada obodonlashtirilmoqda.
Reklama huquqi asosida.