Keng hovli va ko‘plab qulayliklarga ega turar joy majmuasidagi tayyor ta’mirlangan xonadonlarni yillik 18 foiz stavka bilan ipoteka kreditiga xarid qilishingiz mumkin.
Bizning Uylar Development kompaniyasi xaridorlarga Yangi Choshtepa turar joy majmuasidagi xonadonlarni 20 yilgacha ipoteka kreditiga olishni taklif etadi. Majmuadagi 2 xonali xonadonlarning dastlabki to‘lovi 60 million so‘mdan boshlanadi.
Kreditni rasmiylashtirish ko‘p vaqt talab qilmaydi. Siz faqat sotuv ofisiga kelishingiz kerak bo‘ladi. Sotuv menejeri sizga barcha ma’lumotlarni beradi va uch tomonlama shartnomani taqdim etadi.
Yangi Choshtepa Toshkent shahridagi jadal rivojlanayotgan Yangihayot tumanida joylashgan yirik turar joy majmuasidir. Majmuadan “Abu Saxiy” va “Chinni” bozorigacha 10 daqiqalik masofa. Metroning “Sergeli” yo‘nalishi bekatigacha esa piyoda uch daqiqalik yo‘l. Siz xonadon ta’miri haqida o‘ylamaysiz. Xonadonlar tayyor va sifatli ta’mirlangan bo‘lib, uy pollariga tarkett qoplangan, deraza va ichki eshiklar o‘rnatilgan bo‘ladi. Yuvinish xonasiga kafel terilgan. Xonadon devorlari ta’mirlangan.
Manzil: Yangihayot tumani, O‘zar ko‘chasi
Telefon: +99871 210 44 44
Reklama huquqi asosida.