Fransiya poytaxti Parij shahrida tennis bo‘yicha Rolan Goarros—2022 musobaqasining final bahsi 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Sovrin jamg‘armasi qariyb 44 million yevro bo‘lgan musobaqaning hal qiluvchi bahsida Rafael Nadal va Kasper Ruud o‘zaro to‘qnash keldi. Unda ispaniyalik tajribali tennischi uchta setda o‘yin taqdirini hal qilib, chempionga aylandi.
Shu tariqa Nadal Rolan Garrosning 14 karra holibiga aylandi va faoliyatidagi 22-“Ulkan toj”ga ega chiqdi. 3-iyun kuni 36 yoshni qarshilagan Rafa Fransiya ochiq chempionati tarixidagi eng yoshi katta chempionga aylandi.
Rolan Garros—2022
Final
5-iyun, yakshanba
Izoh (0)