Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvada O‘zbekiston fuqarosi Javohir Eshonqulov ISHID xalqaro terrorchilik tashkilotini moliyalashtirishda aybdor deb topilib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi RT.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, 2-G‘arbiy harbiy okrug sudining Eshonqulovga nisbatan hukmi hozirda kuchga kirgan.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, erkak fuqarolarni yo‘llash va jangarilarni Afg‘oniston hamda Pokistonga yuborish bilan shug‘ullangani bois 2013-yildan buyon O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

2021-yilda Eshonqulov Rossiya FXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Shu bilan birga, Rossiya tomonining uni o‘z vataniga ekstraditsiya qilishga bo‘lgan urinishlar Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tomonidan bloklangan”, — deyiladi xabarda.

Bundan oldin Xorazmda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan 4 nafar yigit ushlangani, o‘zbekistonlik fuqaro MDH davlatlaridan birida qo‘poruvchilik harakatini sodir etmoqchi bo‘lgani aniqlangani, Toshkentda Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan talaba va ikki nafar maktab o‘quvchisi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?