Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi yarim final o‘yinlari 3-iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki yarim final o‘yinida “Paxtakor” “Lokomotiv” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda 4:4 hisobida durang natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa “Paxtakor” 6:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi yarim finalda “Jizzax Kenteks” “BMB”ga qarshi maydonga tushdi. Jizzaxliklar Davron Choriyev, Farhod Abdumavlonov, Elbek To‘lqinov, Abbos Elmurodov va Anasxon Rahmatovlarning goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “BMB” safidagi yagona golni Sirojiddin Shakirov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa “Paxtakor” va “Jizzax Kenteks” jamoalari O‘zbekiston Kubogi finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Final bahsi 5-iyun kuni “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Kubogi
Yarim final bahslari
3-iyun, juma
Izoh (0)