“Leykers” basketbol jamoasi hujumchisi Lebron Jeyms milliarderga aylandi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 37 yoshli basketbolchi 2021-yilda 121,2 million dollar ishlab topgan va umumiy boyligi 1 milliard dollarga yetgan.
NBA’ning 19 mavsumida atigi to‘rtinchi marta pley-off bosqichini o‘tkazib yuborgan Jeyms ligada hozir faoliyatini olib borayotgan o‘yinchilar ichida ilk milliarderga aylandi.
Basketbolchilar ichida Maykl Jordan 2014-yilda, faoliyatini yakunlaganidan 11 yil o‘tib, milliarderga aylangandi.
2014-yilda GQ nashriga bergan intervyusida Lebron asosiy maqsadlaridan biri milliarder bo‘lish ekanini tan olgandi.
“Shubhasiz, men o‘z biznesimni maksimal darajada oshirishni xohlayman. Agar bu natijaga erishsam, milliarder sportchiga aylanaman — gip-gip-ura! Juda xursand bo‘lardim”, — degandi basketbolchi.
Jeyms NBA’ning 4 karra g‘olibi va 2 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi.
2020-yilda Krishtianu Ronaldu futbolchilar orasida ilk milliarderga aylangandi.
Izoh (0)