Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerikaning Oklaxoma shtati Talsa shahrida sodir etilgan otishmada besh kishi, shu jumladan, hujum qilgan shaxsning o‘zi ham halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kommersant” mahalliy politsiya departamentiga tayanib. Otishma sodir etgan shaxs, huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 35-40 yoshlardagi qora tanli bo‘lgan, u soyli miltiq (vintovka)dan foydalangan.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

“Hujumchining shaxsini aniqlaganimizcha yo‘q. U 35-40 yoshlardagi qora tanli erkak. Voqea joyida uning yonidan vintovka va to‘pponcha topildi”, — dedi politsiya vakili Erik Dalglish brifingda.

Otishma shahardagi Avliyo Fransisk kasalxonasi korpuslaridan birida mahalliy vaqt bilan 1-iyun kuni 17:00 da (Toshkent vaqti bilan 2-iyun 03:00) yuz berdi.

Yana bir necha kishi jabrlangan, ammo politsiya ularning aniq sonini ma’lum qilganicha yo‘q.

Talsa politsiyasi kapitani Richard Melenberg so‘zlariga ko‘ra, bir kishi tibbiy yordam olishga urinib, voqea joyini tark etganidan keyin vafot etgan.

Oq uy vakili ma’lum qilishicha, prezident Jo Bayden davlat va mahalliy amaldorlarga yordam taklif etgan.

Bundan bir haftacha avval, 24-may kuni Texasning Yuvald shahridagi boshlang‘ich maktabda otishma sodir etilib, 22 kishi, shu jumladan, o‘qotarning o‘zi ham halok bo‘lgandi. Keyinroq 30-may kuni Oklaxoma shtati Taft shahrida o‘tkazilgan festivaldagi otishmada esa bir kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi