Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda don mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Kompaniya mas’ulining ta’kidlashicha, bugungi kunda “O‘zdonmahsulot” tarkibidagi korxonalarda tegirmon quvvatlari to‘liq ishlab turibdi. Don va un zaxiralari yetarli miqdorda mavjud. Mahsulotlar birja savdolariga uzluksiz chiqarilmoqda.
“Hech qanday mish-mishlarga ishonishga va vahimaga o‘rin yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “buxanka” nonning narxi oshganiga munosabat bildirgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda o‘simlik yog‘ini eksport qilish vaqtincha taqiqlangani, moliya vaziri o‘rinbosari oziq-ovqat nega qimmatligiga izoh bergani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)