Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Finlyandiyaning Xelsinki shahridagi Olimpiya stadionida 10-avgust kuni Yevropa Superkubogi doirasida “Real” va “Ayntraxt” o‘zaro to‘qnash keladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Madrid klubi Chempionlar Ligasi g‘olibi sifatida ishtirok etadi. Karlo Anchelotti shogirdlari 28-may kuni “Liverpul” ustidan g‘alaba qozonib, YChL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Ayntraxt” esa Yevropa Ligasi chempioni hisoblanadi. Nemis klubi 18-may kuni “Reynjers”ni mag‘lub etib, shohsupaga ko‘tarildi.

“Ayntraxt” va “Real” 1959/60-yildan beri rasmiy o‘yinlarda bir-biriga to‘qnash kelmagan edi. O‘shanda “qaymoqranglilar” frankfurtliklarni Yevropa Chempionlar Kubogi finalida 7:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Uchrashuvda Alfredo di Stefano het-trik qayd etgan bo‘lsa, Ferens Pushkash pokerga erishgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi