Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Dunyo bo‘ylab Markaziy banklar yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida ilk bor ommaviy ravishda asosiy stavkalarni oshirmoqda. Financial Times bu vaziyatni tahlil qildi. 

Foto: Financial Times

Foto: Financial Times

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab siyosatchilar so‘nggi uch oy ichida asosiy foiz stavkalarining 60 dan ortiq oshirilishini e’lon qildi — bu kamida 2000-yil boshidan beri eng katta ko‘rsatkichdir.

Raqamlar 2008-yildagi global moliyaviy inqirozdan keyin qabul qilingan va koronavirus pandemiyasi davrida yanada kuchaygan juda qulay pul-kredit siyosatining to‘satdan va geografik jihatdan keng tarqalgan o‘zgarishini ko‘rsatadi. 

Foiz stavkalari so‘nggi o‘n yil ichida ko‘pgina rivojlangan iqtisodlarda misli ko‘rilmagan past darajada edi.

Siyosatning keskin o‘zgarishi ko‘plab mamlakatlarda inflyatsiya o‘n yilliklar davomidagi eng yuqori darajaga yetgan bir paytda sodir bo‘ldi. 

Bu esa Rossiyaning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirishi ortidan energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi tufayli yuzaga keldi.

Stavkalar hattoki o‘nlab yillar davomida past darajada saqlanib qolgan AQSH va Angliyada ham oshirildi. 

May oyi boshida AQSH Federal rezerv tizimi asosiy stavkani 50 bazaviy punktga oshirib, 0,75 foizdan 1 foizgacha bo‘lgan diapazonga ko‘tardi. Bu 2000-yildan beri eng katta o‘sishdir.

Yevropa Markaziy banki iyul oyida 2011-yildan beri birinchi marta qarz olish xarajatlarini oshirmoqchi. 

Kanada, Avstraliya, Polsha va Hindiston markaziy banklari kelgusi haftalarda stavkalarni oshirishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, stavkalar tarixiy standartlarga ko‘ra hali ham past va iqtisodchilar so‘nggi o‘sishlar global keskinlashuv siklining boshlanishi, deb ogohlantirmoqda.

Dunyodagi 20 ta yirik markaziy bankdan 16 tasi kelgusi olti oy ichida foiz stavkalarini oshirishi prognoz qilinmoqda. 

Braziliya o‘tgan yilning mart oyidan beri stavkalarni 2 foizdan 12,75 foizgacha ko‘tardi. Meksika, Peru, Kolumbiya va Chili ham qarz olishini oshirdi.

Afrikada Gana, Misr va Janubiy Afrika ham o‘z stavkalarini oshirgan.

Avvalroq Rossiyada asosiy stavka 11 foizga pasaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi