• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Minglab xotin-qizni ishli qilgan, xorijga yiliga 5 mln dollarlik mahsulot chiqarayotgan Farg‘onadagi kulolchilar shaharchasidan fotoreportaj

    Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida kulollar shaharchasi — kulolchilik mahsulotlari sanoat zonasi ochildi. Tadbirda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov kulollar shaharchasidan reportaj tayyorladi.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Farg‘onaga kelgan har qanday xorijlik sayyoh yoki mehmon, albatta, Rishton tumaniga tashrif buyuradi. Chunki rishtonlik usta hunarmandlar tomonidan tayyorlanayotgan kulolchilik mahsulotlari barchani o‘ziga maftun etadi.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Rishton — Buyuk ipak yo‘lida tashkil topgan, Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlaridan biri. Markaziy Osiyodagi eng yirik kulolchilik va sirlangan sopol buyumlar markazi hisoblanadi.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Arxeologlar tomonidan olib borilgan qazishmalar, Katta Farg‘ona kanali qurilishi paytida Rishton shahri va Zohidon qishlog‘i hududlaridan topilgan sopol buyumlar, shuningdek, turli manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rishton eramizdan avvalgi asrlarda ham madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    O‘rta asrlarda bir tomondan Xitoy va Hindiston, boshqa tomondan Eron va Yaqin Sharq karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan Rishton tez sur’atlarda rivojlanib, Buyuk ipak yo‘lidagi asosiy to‘xtash joyi hamda savdo-sotiq markaziga aylangan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Rishton azaldan kulollari va ajoyib sopol buyumlari bilan shuhrat qozongan. Bu yerda kulolchilik buyumlarini yaratish, pishirish va ishlov berishning betakror texnologiyasi ishlab chiqilgan. Vaqt o‘tgan sari ko‘plab mintaqalarda kulolchilik san’ati an’analari unut bo‘lgan esa-da, Rishtonda bu soha o‘z texnikasi va uslubiga sodiq qolgan holda rivojlanavergan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Yillar davomida shaharda Dahbed, Chinnigaron, Ko‘zagaron, Kulolon kabi kulolchilik mahallalari vujudga kelgan. Usta Ibrohimjon Komilov, Bobojon Nishonov, Hakimjon Sattorov, Rustamjon Usmonov, Alisher Nazirov, Sharofiddin Yusupov, Tohirjon Haydarov singari mashhur kulollar maktabi yaratilgan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Rishton kulolchiligi o‘z maktab va an’analari, uslubi, yo‘nalishiga ega. Usta kulollarning qo‘l mehnati bilan yasalgan mahsulotlari o‘zining dizayni, yorqin va tabiiy rangi, serjilo va qalampir nusxali naqshlarga boyligi bilan ajralib turadi.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Rishtonlik ustalar yaratgan betakror asarlar jahondagi san’at shaydolari orasida katta shuhrat qozongan, ular dunyodagi turli muzeylar kolleksiyalarini bezab turibdi. Hech bir hududning kulolchilik namunalariga o‘xshamaydigan bu san’at asarlari AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Shvetsiya, Vengriya, Yaponiya, Iroq, Eron, Misr kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ko‘p marotaba namoyish qilingan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi shaharlardagi do‘konlarda savdoga qo‘yilgan Rishton kulolchilik buyumlari va miniatyuralari chet ellik sayyohlar qiziqishini tortayotgani bu san’at namunalariga bo‘lgan talabni kundan-kun oshirmoqda.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Hozirda Rishtonda minglab kulollar mehnat qiladi. Qaysi bir kulolning ustaxonasida bo‘lmang, barchasi qo‘li-qo‘liga tegmay ishlayotganini ko‘rasiz.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Tumandagi sobiq badiiy kulolchilik zavodi o‘rnida tashkil etilgan yangi sanoat zonasida ham bugun chinni va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish hamda bezak berishga ixtisoslashgan 37 ta korxona faoliyatini boshlagan. Loyiha qiymati qariyb 76 milliard so‘m bo‘lgan sanoat zonasida 7 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Tadbirkor Muhayyo Sattorova tomonidan tashkil etilgan “MM Porcelain” oilaviy korxonasiga qarashli chinni mahsulotlariga bezak berish sexida bugungi kunda 100 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, 300 ta xonadondan 700 nafardan ortiq ayollar kasanachilik asosida ishga jalb etilgan. Korxona tomonidan bu yil 1 million dollarlik chinni buyumlari eksport qilinishi rejalashtirilgan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    “2001-yilda oilamiz bilan ish boshlaganmiz. 2010-yildan boshlab mahsulotlarimizni xorijga eksport qilamiz. 100 nafar ishchimiz bor, bundan tashqari 700 nafar ayolni kasanachilik asosida ishlatamiz. Hozirda 12 xil mahsulot ishlab chiqaramiz. Mahsulotlarimizni ichki bozordan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaga eksport qilyapmiz. O‘tgan yili 755 ming dollarlik mahsulot eksport qildik. Korxonamizda bir yilda 3-4 million dona chinni buyumlari ishlab chiqariladi”, — deydi “MM Porcelain” oilaviy korxonasi rahbari Muhayyo Sattorova.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    “Ota-bobolarimiz bu hunarni o‘rganib, shu orqali ro‘zg‘or tebratishni boshlaganlariga qariyb 200 yil bo‘ldi. Mana, ikki asrdirki, bizning sulolamizda o‘ziga xos kulolchilik maktabi yaratilgan. 12 yoshimdan kulolchilik bilan shug‘ullanaman. Mustaqil ish boshlab, astoydil shu kasbni boshini tutganimga 20 yildan oshdi. Shu vaqt ichida 10 nafardan ziyod shogirdlarim kulolchilik sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirib, o‘zlari mustaqil ish boshladi. Mahsulotlarimda boshqalar ishlatmagan milliy adras, atlas ranglaridan foydalanib, noan’anaviy gultuvaklar, suvenirlar, servislar, choynak-piyola, turli hajmdagi guldonlar yasayman. Bitta ishni bitirishga murakkabligiga qarab bir haftagacha vaqt ketadi. Qo‘limdagi laganga hozir juda ommalashgan biser usulida naqsh tushirilgan. Bunda mayda toshchalar sopol idishga igna bilan bittalab yopishtirib chiqiladi. Murakkab ishlarning narxi ham biroz qimmatroq bo‘ladi.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Masalan, shunaqa bitta laganni ikki yarim million so‘mga sotganmiz. Landshaft dizaynida foydalanish, hovli va ofislarni bezash uchun turli shakldagi guldonlarga buyurtma olyapmiz. Bo‘yi ikki metr atrofidagi manzarali guldonlar besh million so‘mgacha sotiladi. Hozirda mahsulotlarimizni yuzdan ortiq turi bor. Bir oy oldin ham bu joylarda sharoit yaxshi emasdi, ahvol og‘ir edi. Prezidentimizning tashabbusi bilan qisqa vaqt ichida eski zavod hududi ko‘rkam shaharchaga aylandi. Shundan so‘ng, O‘zbekistonning turli viloyatlaridan, qo‘shni davlatlardan tadbirkorlar kela boshladi. Yolg‘on bo‘lmasin, bugun birinchi marta o‘zim mustaqil mahsulotlarimni eksportga chiqardim. Hozirgina Turkmanistonga 30 million so‘mlik mahsulot yubordim”, – deydi kulollar sulolasining uchinchi avlodi Iqboljon To‘laganov.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    “Chinni mahsulotlari ishlab chiqarishni boshlaganimizga 10 yildan oshdi. Dastlab uyda o‘zimiz oilaviy kulolchilik mahsulotlari tayyorlar edik. Sanoat zonasida yangi seximiz ishga tushgach, qo‘shimcha 30 nafar ishchi oldik. Bundan tashqari, uyda turib idishlarga gul chizib beradigan ishchilarimiz ham bor. Pishirilgan idishlarni olib borib beramiz, ular kerakli naqshlarni chizib berishadi. Ularga bajargan ishiga qarab 2-3 million so‘m atrofida maosh to‘laymiz.

    Korxonamizda 25 xil mahsulot ishlab chiqariladi. Bir kunda o‘rtacha 4 tonna atrofida yuk tayyorlab, sotamiz. Bu 10 ming dona piyola va yana shuncha kosa degani. Hajmi kattaroq mahsulotga buyurtma tushsa, bir kunda 8-10 ming dona chinni buyumlari tayyorlaymiz. Mahsulotlarimizni Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlariga, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Rossiyaga jo‘natamiz. Bir kunda o‘rtacha 40 million so‘mlik mahsulot sotamiz”, — deydi “Firdavs Best Ceramic” korxonasi rahbari Jahongir Maqsudov.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Shokirjon Ahmadjonov rahbarlik qilayotgan “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasi tomonidan yirik kulolchilik kooperatsiyasi tashkil etilgan. Loyiha qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan korxonada 100 kishi doimiy, 3 ming kishi kasanachilik yo‘nalishida ish bilan ta’minlangan. Korxona tomonidan joriy yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahriga mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha 5 million dollarlik eksport shartnomasi imzolangan.

    Foto: Elyor Mamajonov

    Foto: Elyor Mamajonov

    Rishton hokimligining ma’lum qilishicha, hozirda bunday ixtisoslashgan sanoat zonalari tumanning To‘da, Dahbed va Dehqonobod mahallalarida ham tashkil etilmoqda.

    26.05.2022, 20:22   Izoh (0)   27307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 1 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

    26.05.2022, 20:16

    O‘zbekistonda sanoat zonalariga doir byurokratiyadan xoli yangi tizim yaratiladi

    26.05.2022, 20:10

    Toshkentda KIA “peshexod”dan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Piyoda vafot etgan

    26.05.2022, 19:21

    Toshkent shahridagi 12 xonali hovli MIB tomonidan qariyb 4 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    26.05.2022, 19:10

    Qashqadaryoda Nexia, Lacetti va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    26.05.2022, 18:59

    O‘zbekiston 4 oyda 116 mingta muzlatgich import qildi

    26.05.2022, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.