• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda kambag‘allikni ikki baravar qisqartirish uchun qanday ishlar amalga oshirilishini aytdi

    26-may kuni Buxoro shahrida O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish xalqaro forumi boshlandi. Unda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov nutq so‘zladi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur forum O‘zbekistonda islohotlarning yangi bosqichida kambag‘allikni qisqartirish mavzusini muhokama qilish va tajriba almashish maqsadida xalqaro tashkilotlar, hamkor davlatlar hamda dunyoning taniqli olim va ekspertlarini yagona muloqot platformasiga jamlangani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

    “Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida va kuchli siyosiy iroda hisobiga 2020-yilda mamlakat tarixida ilk bor kambag‘allikni qisqartirish masalasi iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi. Qisqa muddatlarda kambag‘allikni qisqartirish borasida institutsional tizim yaratilib, fundamental yondashuvlar asosida ta’sirchan instrumentlar amaliyotga joriy etildi.

    Bunga, amaliyotga joriy etilgan yagona ijtimoiy reyestrni, minimal iste’mol xarajatlari me’yorini, kam ta’minlangan oilalarda har bir bolani qamrab oluvchi manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishni hamda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yangi tizimni misol qilib keltirish mumkin”, — deydi Jamshid Qo‘chqorov.

    Uning ta’kidlashicha, mazkur jarayonda xalqaro tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

    “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”da ko‘zda tutilgan maqsad, ya’ni kambag‘allikni 2026-yilga qadar 2 baravarga qisqartirishga erishishning asosiy sharti bo‘lib, barqaror yuqori va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziriga ko‘ra, buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

    • xususiy sektorni, jumladan, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash va shu orqali barqaror ish joylarini yaratish;
    • inson kapitalini rivojlantirish va mehnat unumdorligini oshirish;
    • energiya resurslari narxlarini liberallashtirish va samarasiz subsidiyalar hajmini kamaytirish hisobiga ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladigan davlat resurslari miqdorini ko‘paytirish;
    • mazkur jarayonda, asosiy e’tiborni, kam ta’minlangan oilalarni himoya qilishga qaratish;
    • davlat korxonalarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirish va mazkur jarayonda raqobat va biznes muhitini yaxshilab borish;
    • qishloq xo‘jaligida unumdorlikni oshirish, bunda eng avvalo yer islohotlarini chuqurlashtirish;
    • yashil va raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan islohotlar davom ettirish.
    Avvalroq O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi bo‘yicha prezident farmoni imzolangani xabar qilingandi. Hujjatda 2026-yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinishi belgilangan. Shu bilan birga, pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravarigacha oshirish ko‘zda tutilgan.

    Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil boshida mamlakatda kambag‘allik darajasi 12-15 foiz atrofida ekanini aytgandi. “Gap 4-5 million aholi vakillari haqida ketyapti. Bu — juda katta raqam”, — degan edi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatida.

    Mavzuga doir: Jamshid Qo‘chqorov: “O‘zbekistonda kambag‘allik 5 yil ichida 2 baravar qisqartiriladi”

    26.05.2022, 12:58   Izoh (0)   17434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha fuqarolarning takliflari bilan ishlash mexanizmi ma’lum qilindi

    26.05.2022, 12:33

    O‘zbekistonda 27-may kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    26.05.2022, 12:19

    Andijonda o‘z xonadonlarida noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxslarga chora ko‘rildi

    26.05.2022, 11:55

    Buxoroda faxriy yorliq berilmaganidan norozi bitiruvchi maktab direktoriga suv sepdi (video)

    26.05.2022, 11:17

    O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish xalqaro forumi o‘z ishini boshladi

    26.05.2022, 10:58

    “ShGKMni kengaytirish” loyihasi istiqbolida yangi bosqich

    26.05.2022, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    Sport | 11 may, 15:29

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 11 may, 15:00

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    Dunyo | 11 may, 14:28

    Ishqiy munosabatlarini uzoq vaqt sir tutgan yulduzlar

    Layfstayl | 11 may, 14:17

    “Qimmatbaho taqinchoqlar va kiyim-kechaklardan o‘zini cheklardi” — Qozog‘iston prezidenti onasi va eng qiyin damlari haqida gapirdi

    Dunyo | 11 may, 13:55

    UFC. Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik sportchiga qarshi o‘tkazadi

    Sport | 11 may, 13:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.