Konstitutsiyaviy komissiyaning dastlabki yig‘ilishida fuqarolarning takliflari bilan ishlash mexanizmi ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, o‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyaviy komissiyaga fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, turizm, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, xususiy mulk himoyasi, sud-huquq yo‘nalishida takliflar kelib tushgan.
Yig‘ilish davomida, shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha fuqarolarning takliflari bilan ishlash mexanizmi ma’lum qilindi:- “Meningkonstitutsiyam.uz” platformasi;
- mahallalar;
- Xalq deputatlari kengashlari;
- 1341 koll-markazi;
- pochta (bepul xat jo‘natish mumkin);
- Telegram maxsus boti orqali takliflarni yuborish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tarkibi va vazifalari belgilangandi.
Izoh (0)