• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Real”ga o‘tish orzusi hech qachon o‘tmishda qolmaydi. Kilian Mbappe nima sababdan “Real”ga o‘tmagani, pul va “Liverpul” bilan muzokaralar haqida

    “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Marca nashriga intervyu berdi. Hujumchi “PSJ”da nega qolgani, faqatgina “Real” emas, balki “Liverpul” bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tgani haqida gapirib o‘tdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Pul uchun Parijda qoldi deb hisoblashlari haqida

    Biroz xafaman, chunki faoliyatimning boshidayoq barchaga sabrli ekanligimni ko‘rsatganman. Doim futbol, unvonlar, muhim uchrashuvlar haqida gapirganman. Va pul haqida umuman og‘iz ochmaganman.

    Odamlar xohlagan narsasini aytishi mumkin, lekin meni hamma biladi. “Real”ning barcha rahbarlari bilan gaplashdim, “PSJ” bilan suhbatlashdim. Florentino Peres bilan ham, Nosir al-Helayfi bilan ham pulni muhokama qilmaganman. Advokatim va onam pul haqida biroz gapirdi, ammo men emas. Men sport haqida gapiraman, chunki maydonda o‘ynayapman.

    Hisob raqamimga pul tushganda qarashim mumkin, lekin bunga ahamiyat bermayman. Sovrinlar qo‘lga kiritish, eng yaxshisi ekanligimni isbotlash va baxtli bo‘lish uchun “PSJ”daman. Hozir baxtliman deb o‘ylayman.

    “Real”ga o‘tmaganidan so‘ng bo‘layotgan tanqidlar haqida

    Buni qabul qilaman va tushunaman. Birinchidan, Madriddagi barchadan menga shunday mehr va muhabbat ko‘rsatgani uchun minnatdorman. Ismim “Real” va uning muxlislari tomonidan tilga olinganidan faxrlandim.

    Ularning hafsalasi pir bo‘lganini tushunaman va bu normal holat. Menda bunga nisbatan hech qanday munosabat yo‘q. Fransuz bo‘lganim uchungina vatanimda qolganimni tushunishlarini xohlayman. Ular buni tushunishiga ishonchim komil.

    Qachondir “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida

    Bir necha kun oldin yangi shartnoma imzolagan holatda “Real” haqida gapirish hurmatsizlik bo‘ladi, menimcha.

    Orzu — bu yaxshi. Lekin men hozir haqida o‘ylayapman, butun diqqatim yangi shartnomaga qaratilgan. Keyinchalik nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. “PSJ” bilan 3 yillik shartnomam bor va diqqatim keyingi mavsumga qaratilgan.

    “Real” orzusi o‘tmish emasligi haqida

    U hech qachon o‘tmish bo‘lmaydi. Lekin men “PSJ” bilan shartnoma imzoladim. Kelajakda nima sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hozirim haqida bosh qotiryapman. Ayni damda Parij jamoasi bilan 3 yillik shartnomam bor.

    Qaysi jamoaga o‘tishi borasida hammada har xil fikr bo‘lgani haqida

    Sen mashhur bo‘lsang, har doim senga nima qilishing kerakligini o‘rgatadiganlar topiladi (kuladi).

    Bu bilan qanday kurashishi haqida

    Zavqlanaman, chunki o‘yinlarga 100% diqqatimni qarataman.

    Florentino Peres “Real” futbolkasini jo‘natgani haqida

    U menga futbolka yubormagan.

    “PSJ”da qolish qarorini “Real”ga bildirgani haqida

    Dastlab “Real” prezidenti Florentino Peresga qarorimni yetkazdim. Chunki uni va klubni juda hurmat qilaman. Shaxsan o‘zim bu haqida aytishni to‘g‘ri deb bildim. Bizning munosabatlarimiz yaxshi.

    Shundan so‘ng “PSJ”ga qolayotganimni va Parijda ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlayotganimni aytdim.

    “Real”dan tashqari “Liverpul”dan ham qiziqish bo‘lgani haqida

    Ha, bu haqiqat. “Liverpul” bilan ham muzokara o‘tkazdim, chunki qizil — onamning sevimli rangi. U “Liverpul”ni yaxshi ko‘radi. Nega? Bilmadim, buni uning o‘zidan so‘rang (kuladi).

    “Monako”da o‘ynab yurgan vaqtlarimda jamoa bilan uchrashganman. “Liverpul” — ajoyib jamoa. Yaqinda ular bilan ham suhbatlashdik, ammo uzoqqa cho‘zilmadi. Shuning uchun tanlov “Real” va “PSJ” o‘rtasida kechdi.

    Bir yil oldin “Real”ga o‘tmoqchi bo‘lgani haqida

    O‘tgan yili “Real”ga o‘tmoqchi bo‘lganimni hamma biladi. O‘shanda ketish eng yaxshi qaror deb hisoblaganman. Ammo hozir barchasi o‘zgargan. Erkin agentga aylandim, fransuzman va mamlakatimga kerakligimni his qildim. Mamlakat uchun kerak ekansan, sen faqat futbol haqida emas, hayot haqida ham o‘ylashing zarur.

    Faoliyatimni yakunlagach, oilam va do‘stlarim bilan birga Fransiyada yashayman. “Real” va uning muxlislari uchun qila oladigan yagona narsam menga bo‘lgan mehri uchun minnatdorligimni bildirishimdir. Bu aql bovar qilmaydigan narsa, chunki men u yerda hech qachon o‘ynamaganman. 14 yoshimda atigi bir hafta Madridda bo‘lganman, lekin “Real” juda ajoyib klub va ularga Chempionlar Ligasi finalida omad tilayman.

    Kilian Mbappe, “PSJ” hujumchisi

    Qayd etib o‘tish joiz, “Real” hujumchini qo‘lga kiritishiga 100% ishonchi komil bo‘lib turgan vaqtda, Kilian Mbappe “PSJ” bilan 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

    Mavzuga doir: Kilian Mbappe: “Real”ga yo‘q demadim, Fransiya va “PSJ”ga ha dedim

    24.05.2022, 17:40   Izoh (0)   15516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qatar JCh—2022 mezbonligidan mahrum bo‘ladimi? Iste’fodan so‘ng “portlagan” Kabayev, chet el ligasida chempion bo‘lgan 17-o‘zbekistonlik. O‘zbek futbol gazetalari

    24.05.2022, 16:01

    YChL 2022/23-yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan 26 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

    24.05.2022, 15:02

    Alisher Sa’dullayev shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

    24.05.2022, 14:30

    O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    24.05.2022, 13:50

    O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi. U-17 Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    24.05.2022, 11:55

    “Barselona” Robert Levandovski uchun rasmiy taklif yubordi. Hujumchi Xavi bilan 2 marta suhbatlashgan

    24.05.2022, 10:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Intagram: Saratonga chalingan raqqosa, ota-onasiga uy sovg‘a qilgan bloger va nevarali bo‘lgan Rashid Xoliqov

    Shou-biznes | 25 iyun, 11:15

    Isroil va Eron uchun 12 kunlik urush qanchaga tushdi?

    Dunyo | 25 iyun, 11:04

    Doramalardagi haqiqat va badiiy to‘qima: koreys seriallariga qay darajada ishonsa bo‘ladi?

    Kino | 25 iyun, 10:59

    Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 10:56

    Meril Strip 76 yoshda: aktrisa buyuk iste’dod egasi ekanini isbotlovchi beshta film

    Kino | 25 iyun, 10:39

    “Barselona” Levandovskiga munosib o‘rinbosar topdi

    Sport | 25 iyun, 10:29

    O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 10:29

    AQSH generali Ukraina urushda yutishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 25 iyun, 10:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.