Shveysariya hukumati rossiyalik Andrey Melnichenko kompaniyaning benefitsiari bo‘lishni to‘xtatib, direktorlar kengashini tark etganidan keyin EuroChem’ga qarshi sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda Tages-Anzeiger gazetasi Shveysariya Iqtisodiyot bo‘yicha davlat kotibiyatining sanksiyalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining maktubiga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, janob Melnichenkoning rafiqasi Aleksandra yangi benefitsiarga aylandi.
Rasmiylarda kompaniya sanksiya ostida bo‘lgan shaxsga tegishli ekanligi yoki uni nazorat qilishi haqida hech qanday dalil qolmagan.
Shuning uchun Shveysariya hukumatida EuroChem faoliyatini cheklash uchun hech qanday asos mavjud emasligi aytilmoqda.
Janob Melnichenko mart oyida Shveysariya va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
U va boshqa bir qator rossiyalik tadbirkorlarning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishi taqiqlangan va ularning aktivlari bloklangan edi.
O‘sha paytda u EuroChem bosh kompaniyasining 90 foizini nazorat qilgan, ammo keyinchalik kompaniya egaligidan ketdi.
Avvalroq Germaniya va Italiya importchilarga gaz sotib olish uchun rubl hisoblarini ochishga ruxsat bergani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)