O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—mart oylarida yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘sish 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizni tashkil qildi.
2022-yilning ilk choragida aholi jon boshiga hisoblangan YIM hajmi 4,6 mln so‘m yoki 420 dollarga yetdi. Bu 2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 foizga ko‘pdir.
Avvalroq O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida Osiyo taraqqiyot bankining tahlili berilgan edi. Unda mamlakat YIM o‘sishi 2022-yilda 4 foiz bo‘lishini, 2023-yilda esa 4,5 foizgacha ko‘tarilishi prognoz qilingandi.
Izoh (0)