Fransiyaning Renault konserni Rossiyani tark etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Renault ikki korxonadagi ulushlarini keyingi olti yil ichida qaytarish imkoniyati bilan sotdi.
Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
To‘g‘ridan to‘g‘ri. 2021-yildan beri ADM Jizzakh zavodida Renault avtomobillari ishlab chiqariladi.
Biroq bu yirik uzelli yig‘ishdir – avtomobillar uchun asosiy qismlar “Reno Rossiya” zavodida ishlab chiqarilar edi. Endi esa bu zavod Moskva hukumatiga tegishli va u yerda “Moskvich” avtomobillari ishlab chiqariladi.
Renault’ning O‘zbekistondagi hamkori bo‘lgan Roodell kompaniyasi xabarga hozircha izoh bermadi, biroq “Daryo” suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, kompaniyada bir nechta variant bor:
- Asosiy qismlarni boshqa zavodlardan etkazib berishni tashkil qilish.
- O‘zbekistonda to‘liq siklli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
- Renault loyihasini to‘xtatish.
“Daryo” Roodell’ga so‘rov yubordi va javob kutmoqda.
Avvalroq Renault Rossiyada ishlab chiqarishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)