Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Renault Rossiyada ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugundan boshlab Moskvadagi Renault Group’ning ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatiladi, — deyiladi xabarda. 

Kompaniya buni Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarga amal qilish zarurati bilan izohladi. 

Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

To‘g‘ridan to‘g‘ri. O‘zbekistondagi ADM Jizzakh zavodida 2021-yildan beri Renault avtomobillari ishlab chiqariladi.

Biroq bu yirik uzelli yig‘ish – O‘zbekisondagi avtomobillar uchun asosiy qismlar “Reno Rossiya” zavodida ishlab chiqarilar edi, hozir esa uning faoliyati to‘xtatildi.

Moskva zavodi Duster, Kaptur va Arkana avtomobillarini ham chiqarar edi – bu modellar ham O‘zbekiston bozorida mavjud. 

O‘zbekistondagi Renault’ga bu qanday ta’sir qiladi?

Ushbu masala LADA ishlab chiqarish taqdiri kabi hali aniq emas (Renault Rossiya avtokompaniyasining egasi bo‘lgan Alliance Rostec Auto B.V’ning 67,61 foizlik aksiyalariga egalik qiladi). 

Renault’da xabar berishlaricha, u “o‘z ulushi uchun ehtimoliy variantlarni ko‘rib chiqmoqda”. Qabul qilingan qaror qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi